Maktab yangiliklari

Milliy kulgi va sahna san’atini rivojlantiriş yölida yangi hamkorlik!

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantiriş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–103-son Farmoni ijrosi doirasida madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantiriş, ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş hamda yangi taşabbuslarni amalga oşirişga qaratilgan işlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 15-oktyabr kuni Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasi va “Askiya, qiziqçilik va stendap” ijodiy birlaşmasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum milliy askiya va qiziqçilik san’atini yangi bosqiçga olib çiqiş, zamonaviy sahna ijodiyotini rivojlantiriş hamda iste’dodli yoşlar uçun yangi imkoniyatlar yaratişga qaratilgan muhim qadamdir.

Tadbirda Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasi boşliği örinbosari Şukurullo Isroilov hamda ijodiy birlaşma ijroçi direktori Valijon Şamşiyev iştirok etdilar.

Hamkorlik doirasida qanday yangiliklar kutilmoqda?

Memorandum doirasida:

Yangi ijodiy loyihalar — milliy kulgi, askiya, qiziqçilik va stendap yönalişlarida zamonaviy loyihalar amalga oşiriladi.

Tanlov va festivallar — iste’dodli yoşlarni kaşf etiş, ularning mahoratini namoyon qiliş va yangi iste’dodlarni keng jamoatçilikka tanitişga qaratilgan tanlovlar taşkil etiladi.

Yoşlar uçun yangi imkoniyatlar — yoş ijodkorlarning sahnaga çiqişi, tajribali san’atkorlardan saboq olişi va professional rivojlanişi qöllab-quvvatlanadi.

Milliy san’at va zamonaviy ijod uyğunligi — xalqimizning boy yumoristik merosini asrab-avaylaş, uni zamonaviy formatlarda tarğib qiliş hamda yangi avlod ijodkorlarini şakllantirişga alohida e’tibor qaratiladi.

Asosiy maqsad — milliy kulgi san’atini rivojlantiriş, yangi loyihalarga yöl oçiş va iste’dodlar uçun keng imkoniyatlar yaratiş!

Uşbu hamkorlik Toşkent şahrining madaniy hayotini yangi ijodiy taşabbuslar bilan boyitiş, milliy san’atimiz nufuzini oşiriş va kelajak ijodkorlarini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.

Bu hali boşlanişi! Yangi loyihalar, yangi tanlovlar va yangi iste’dodlar — oldinda!