Joriy yilning 30-sentyabr kuni 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 1-oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlangan bayramona konsert dasturi bölib ötdi.
Ustoz — inson hayotida öçmas iz qoldiradigan, uning qalbiga ezgulik, bilim va gözallik uruğlarini qadab, kelajak sari yöl körsatadigan uluğ insondir. Har bir kasb egasining hayotida unga ilk saboq bergan, qobiliyatini kaşf etgan va öz bilimlarini sidqidildan ulaşgan muallimning alohida örni bor. Şu bois xalqimizda “Ustoz otangdek uluğ” degan hikmat bejiz aytilmagan.
Bugungi kunda öqituvçi nafaqat ta’lim beruvçi, balki yoş avlodning ma’naviy dunyosini şakllantiruvçi, ularni mustaqil fikrlaşga, Vatanga muhabbat, insoniylik, mehr-oqibat va gözallikni qadrlaşga örgatuvçi fidoyi kasb egasi sifatida jamiyat hayotida muhim örin tutadi.
Ayniqsa, musiqa va san’at ta’limida ustozning mehnati öziga xos ahamiyatga ega. Çunki san’at inson qalbiga bevosita ta’sir etadi. Musiqa orqali öquvçi nafaqat çolğu ijro etişni yoki qöşiq kuylaşni, balki gözallikni his qilişni, nozik tuyğularni anglaşni, mehnatsevarlik va sabr-toqatni örganadi. Raqs, tasviriy san’at va boşqa ijodiy yönalişlar esa yoşlarning iste’dodini yuzaga çiqarib, ularning dunyoqaraşini yanada boyitadi.
Şu ma’noda, 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi pedagoglari zimmasidagi vazifa ham nihoyatda şarafli va mas’uliyatlidir. Ular öquvçilarga öz fanlari böyiça bilim beriş bilan birga, yoş iste’dod egalarini katta sahnalarga tayyorlab, ularning ijodiy salohiyatini röyobga çiqarişga munosib hissa qöşib kelmoqdalar.
Bayram munosabati bilan taşkil etilgan konsert dasturida maktabning turli yönalişlarida tahsil olayotgan öquvçilar tomonidan kuy-qöşiqlar, çolğu ijrolari, raqslar hamda turli sahna çiqişlari namoyiş etildi. Yoş san’atkorlarning öz ustozlari oldidagi samimiy va mazmunli çiqişlari tadbirga özgaça kötarinki ruh bağişladi.
Konsert davomida öquvçilarning ijrolarida ustozlarga bölgan hurmat va ehtirom, ularning maşaqqatli mehnatiga minnatdorlik tuyğulari öz ifodasini topdi. Har bir kuy, har bir qöşiq va raqs göyo ustozlarga atalgan ezgu tilak va samimiy tabrik kabi yangradi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, öqituvçilik — oddiy kasb emas, balki katta mas’uliyat va fidoyilikni talab qiladigan şarafli vazifadir. Ustozning bergan bilimi, körsatgan yöli va öquvçi qalbiga singdirgan ezgu fazilatlari yillar ötsa ham öz ahamiyatini yöqotmaydi.
Bayramona tadbir yakunida barça ustoz va murabbiylarga mustahkam soğlik, oilaviy xotirjamlik, şarafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuç-ğayrat hamda yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilandi.
Aziz ustozlar! Sizlarning maşaqqatli mehnatingiz, mehringiz va sabringiz tufayli yoş avlod qalbida ilmga, san’atga va gözallikka muhabbat uyğonmoqda. Bayramingiz muborak bölsin!