Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi «Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantiriş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-103-son farmoniga muvofiq 2026-2027-öquv yilidan boşlab bolalar musiqa va san’at maktablari hamda umumiy örta ta’lim muassasalari faoliyatida muhim yangiliklar joriy etiladi.
Asosiy özgarişlar:
Öqituvçilar mehnati munosib rağbatlantiriladi.
Bolalar musiqa va san’at maktablari öqituvçilarining mehnatiga haq tölaş miqdorlari umumiy örta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tölaş miqdorlariga tenglaştiriladi.
20 foizgaça ustama.
Umumiy örta ta’lim hamda bolalar musiqa va san’at maktablari öqituvçilariga öquvçilarning çolğu ijroçiligi darajasidan kelib çiqib, har oyda 20 foizgaça ustama tölaş tartibi joriy etiladi.
Ijodiy hamkorlik kuçaytiriladi.
Bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslaşgan maktablar hamda umumiy ta’lim muassasalari örtasida ijodiy hamkorlik yölga qöyiladi. Öquvçilar uçun muntazam ravişda konsert dasturlari va mahorat darslari taşkil etiladi.
Har bir maktabda kamida 4 ta tögarak.
Har bir umumiy örta ta’lim muassasasida musiqa va san’at yönalişida kamida 4 tadan tögarak taşkil qilinadi:
çolğu ijroçiligi;
tasviriy san’at;
teatr;
raqs.
Maqsad — yoşlarning ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş, iste’dodini rivojlantiriş va ta’lim jarayonini san’at bilan yanada uyğunlaştiriş!
Madaniyat — Yangi Özbekistonning ma’naviy kuçidir!