Joriy yilning 28-iyun kuni Madaniyat vazirligida vazir maslahatçisi Rauf Nabiyev tomonidan bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlariga “Sun’iy intellektning ta’lim sohasida qöllanilişi” mavzusida maxsus öquv seminari ötkazildi.
Seminar davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi örni, uning soha rivojiga ta’siri hamda uşbu yönalişda vazirlik tomonidan amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan istiqbolli loyihalar atrofliça muhokama qilindi.
Seminar davomida iştirokçilar zamonaviy raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etiş, öquv samaradorligini oşiriş hamda ijodiy yönalişlarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş böyiça fikr almaşdilar.
Mazkur tadbir madaniyat va san’at ta’limi tizimida raqamli transformatsiyani jadallaştiriş, zamonaviy bilim va könikmalarni rivojlantirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.