Maktab yangiliklari

Maqom — asrlar sadosi, millat ruhining musiqiy ifodasi

III Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida “Şarq maqomining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiya örtasidagi boğliqlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya bölib ötmoqda.

Maqom — bu şunçaki musiqa emas. U xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy merosi va falsafiy qaraşlarini özida mujassam etgan noyob san’atdir. Asrlar davomida ustoz-şogird an’analari orqali sayqallanib kelgan maqom bugun zamonaviy ijodiy yondaşuvlar bilan yangi qirralarini namoyon etmoqda.

Konferensiyada maqom va dostonçilik san’atining bugungi rivojlaniş yönalişlari, milliy an’analarni asrab-avaylaş hamda ularni zamonaviy madaniy makonga mos ravişda tarğib etiş masalalari muhokama qilinmoqda.

Maqomning har bir kuyi va dostondagi har bir satr xalqning keçinmalari, orzu-umidlari hamda hayot falsafasini aks ettiradi. Şu bois bu bebaho merosni kelajak avlodlarga yetkaziş bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.