Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundan «Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantiriş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar töğrisida»gi 103-sonli farmoni qabul qilindi.
Uşbu farmonga muvofiq:
yangi öquv yilidan boşlab, 326 ta musiqa va sanʼat maktabidagi öqituvçilarning oyligi ham umumtaʼlim maktablari bilan bir xil böladi;
umumiy örta ta’lim muassasalari hamda bolalar musiqa va san’at maktabi öqituvçilari iş haqiga öquvçilarining çolğularni ijro etişi darajasidan kelib çiqib, har oyda 20 foizgaça ustama tölaş tartibi joriy etiladi;
bolalar musiqa va san’at maktablari hamda ixtisoslaşgan maktablar bilan umumiy ta’lim muassasalari örtasida ijodiy hamkorlik yölga qöyiladi hamda ijodiy jamoalar tomonidan umumiy örta ta’lim muassasalarida davriy ravişda konsert-tomoşa dasturlari va mahorat darslari ötkazib boriladi;
yangi öquv yilida kamida 1,5 million öquvçini musiqa va sanʼatga jalb qiliş muhimligi körsatib ötildi. Buning uçun 326 ta musiqa va sanʼat, 29 ta ixtisoslaşgan maktab bilan umumtaʼlim maktablari örtasida ijodiy hamkorlik yölga qöyiladi;
musiqa va sanʼat maktablarining ijodiy jamoalari umumtaʼlim maktablarida muntazam konsert-tomoşa dasturlari va mahorat darslarini ötkazib boradi;
har yili teatr, çolğu, xor va raqs yönalişida umumtaʼlim maktablari örtasida tuman, viloyat, respublika darajasida tanlovlar ötkaziladi. Ularning ijod mahsulini respublika böyiça tarğib qiliş, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari oliş uçun 500 million sömdan grant beriladi.
