Toşkent şahrida “Toşkent Flowers Fest – 2026” gullar festivali kötarinki ruhda bölib ötdi. Bahoriy gözallik, milliy qadriyatlar va san’at uyğunligini namoyon etgan uşbu festival turli taşkilotlar, ijodiy jamoalar hamda san’at ixlosmandlarini bir maydonga jamladi.
Festival hududida rang-barang gullardan yaratilgan kompozitsiyalar, manzarali bezaklar va fotozonalar taşkil etilib, taşrif buyuruvçilarga unutilmas taassurot ulaşdi. Tadbir davomida milliy kuy-qöşiqlar, raqslar hamda sahna çiqişlari bayramona kayfiyatni yanada oşirdi.
Mazkur festivalda maktabimiz öquvçilari ham faol iştirok etişdi. Öquvçilar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar va jozibador raqs çiqişlari tomoşabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Yoş iste’dodlarning sahnadagi mahorati, milliy san’atga bölgan qiziqişi va ijodiy salohiyati festival mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.
“Toşkent Flowers Fest – 2026” nafaqat gullar bayrami, balki san’at, gözallik va döstlikni tarğib etuvçi yirik madaniy tadbir sifatida barçaga manzur böldi. Festival yoş avlodni estetik did, tabiatga mehr va milliy madaniyat ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etdi.