Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qarori bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 144-son hamda 2019-yil 9-yanvardagi 9-sonli qarorlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Qarorga muvofiq, endilikda bolalar musiqa va san’at maktablarida:
- qabul yoşi va öqiş muddatlari özgartirildi;
- direktorning öquv-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari Madaniyat ta’limi markazi bilan kelişilgan holda, xöjalik işlari böyiça örinbosari esa direktor tavsiyasiga köra tegişli hududiy madaniyat organlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
- direktorlar va direktor örinbosarlari har beş yilda bir marotaba işdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan taşkil etilgan menejerlik öquv kurslarida öqitiladi;
- direktorlar va örinbosarlarga 56 kalendar kundan iborat yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi.
Şuningdek, Özbeliston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldan “Madaniyat va san’at sohasida boşqaruv tizimini takomillaştiriş hamda xususiy sektor iştirokini rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-150-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga köra:
ixtisoslaştirilgan san’at va madaniyat maktablariga öquvçilar musiqa yönalişida 5-sinfdan;
raqs, teatr, xalq ijodiyoti, tasviriy va amaliy san’at yönalişlarida 9-sinfdan qabul qilinadi;
ixtisoslaştirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning bitiruvçilariga bolalar musiqa va san’at maktablarida öqituvçilik bilan şuğullaniş huquqi beriladi;
bolalar musiqa va san’at maktablari davlat-xususiy şeriklik asosida rivojlantiriladi;
Qarorda şuningdek, soha rivoji uçun köplab muhim vazifalar belgilangan.