Maktab yangiliklari

Plener maşğuloti taşkil etildi

Joriy yilning 11-aprel kuni tasviriy san’at bölimining mahoratli öqituvçilari Ibrahimova Şaxnoza va Şerbayeva Sokina ota-onalar va öquvçilari bilan birgalikda Parkent tumani Zarkent qişloğiga taşrif buyurişdi. Bu yerda öquvçilar uçun tabiat qöynida ijodiy plener maşğuloti taşkil etildi. Maşğulot Zarkent toğlari bağrida ötkazilib, unda öquvçilar musaffo havo, gözal manzaralar va tabiiy rang-baranglikdan ilhomlanib rasm çizişdi.

Plener davomida öquvçilarga oçiq havoda rasm işlaş, kompozitsiya tuziş, yoruğ-soya munosabatlarini aniqlaş hamda tabiat ranglarini töğri aks ettiriş böyiça amaliy tavsiyalar berildi. Ular toğ etaklari, yaşil ötloqlar, osmon manzaralari va bahoriy tabiatni turli texnikalarda tasvirlaşga harakat qilişdi.

Bunday plener maşğulotlari öquvçilarning kuzatuvçanligini oşiriş, ijodiy tasavvurini boyitiş hamda tasviriy san’atga bölgan qiziqişini yanada kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Maşğulot yakunida eng yaxşi işlangan rasmlar muhokama qilinib, öquvçilarning ijodiy işlari e’tirof etildi.