Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Özbekistonda har haftaning payşanba kuni “Yoşlar kuni” sifatida belgilangan.
Mazkur taşabbus yoşlar bilan işlaşni kuçaytiriş, ularning muammo va takliflarini bevosita eşitiş, bandlik, ta’lim va tadbirkorlik masalalarini hal qilişga qaratilgan.
Şu munosabat bilan, joriy yilning 26-fevral kuni Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasida tizim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoşlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.
Uçraşuvda Toşkent şahar Madaniyat boşqarmasi boşliği v.v.b. Bekzod Baxromov yoş xodimlar bilan suhbatlaşib, ularning taklif va taşabbuslarini tingladi.
Muloqot davomida ayniqsa raqamlaştiriş hamda matbuot xizmati yönalişlarida amalga oşirilayotgan işlar alohida ta’kidlandi. Axborot oçiqligini ta’minlaş, raqamli platformalar orqali tezkor va işonçli ma’lumot yetkaziş, zamonaviy boşqaruv mexanizmlarini joriy etiş bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani qayd etildi.
Yoşlar — tizimning eng katta kuçi, taraqqiyot va yangilaniş drayveridir.