2-bob. Yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişni amalga oşiruvçi hamda unda iştirok etuvçi organlar va muassasalar
7-modda. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
yoşlarga oid davlat siyosatining röyobga çiqarilişini ta’minlaydi;
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarining işlab çiqilişi va amalga oşirilişini ta’minlaydi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqadi va qabul qiladi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişni amalga oşiruvçi hamda unda iştirok etuvçi organlar va muassasalarning faoliyatini öz vakolatlari doirasida muvofiqlaştiradi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişning borişini umumlaştiriş va tahlil qilişni taşkil etadi hamda uni yanada takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar köradi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqariş masalalari böyiça davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining hamkorligini ta’minlaydi;
yoşlarga oid davlat siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunçilikka muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.
71-modda. Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligining yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi yoşlarga oid davlat siyosati
sohasidagi maxsus vakolatli davlat boşqaruvi organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini işlab çiqadi va amalga oşiradi;
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida iştirok etadi, tegişli normativ-huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
yoşlarga oid davlat siyosati töğrisidagi qonunçilikka rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşiradi;
yoşlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
yoşlar örtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşirişda iştirok etadi;
yoşlarga oid davlat siyosatining röyobga çiqarilişini tahlil qiladi, şuningdek uni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqadi;
yoşlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilişga, şuningdek ularning bandligini ta’minlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
xorijda öqiydigan yoşlar bilan işlarni tizimli asosda taşkil etadi;
yoşlarga oid davlat siyosati töğrisidagi qonunçilikning aniqlangan buzilişlarini, ularga imkon beruvçi sabablar va şart-şaroitlarni bartaraf etiş haqida davlat organlari va taşkilotlari rahbarlariga körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnomalar kiritadi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqariş masalalari böyiça davlat organlari va taşkilotlarining hamkorligini ta’minlaşga doir çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda nodavlat notijorat taşkilotlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari hamda fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;
yoşlarga oid davlat siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar köradi.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunçilikka muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.
Maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boşqarmalari davlat organlari hamda taşkilotlariga yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqariş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlarning ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boşqa muhim masalalar töğrisida asoslantirilgan tuşuntirişlar taqdim etiş talabi bilan sörovlar yuborişga haqli.
Yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişga bevosita yoki bilvosita ta’sir körsatadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari maxsus vakolatli davlat organi bilan majburiy tartibda kelişiladi.
8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
tegişli hududda yoşlarga oid davlat siyosatining röyobga çiqarilişini ta’minlaydi;
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi hududiy dasturlarni işlab çiqadi, tasdiqlaydi va amalga oşiradi;
tegişli hududda yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etuvçi organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlaştiradi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişning samaradorligini oşiriş uçun yoşlarning ehtiyoji monitoringi olib borilişini va baholanişini ta’minlaydi;
yoşlarning bandligi va ularni işga joylaştiriş siyosati röyobga çiqarilişini ta’minlaydi, mehnat bozori va yoş mutaxassislarni işga joylaştiriş amaliyoti monitoringini taşkil etadi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda nodavlat notijorat taşkilotlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari hamda fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunçilikka muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.
9-modda. Yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etuvçi organlar va muassasalar tizimi
Yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etuvçi organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:
ta’limni davlat tomonidan boşqariş organlari va ta’lim muassasalari;
davlat soğliqni saqlaş tizimini boşqariş organlari va soğliqni saqlaş muassasalari;
jismoniy tarbiya va sport böyiça organlar;
madaniyat organlari;
mehnat organlari;
prokuratura organlari;
içki işlar organlari;
adliya organlari;
mudofaa işlari böyiça organlar.
Yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda boşqa organlar va muassasalar ham qonunçilikka muvofiq iştirok etişi mumkin.
10-modda. Ta’limni davlat tomonidan boşqariş organlarining va ta’lim muassasalarining yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Ta’limni davlat tomonidan boşqariş organlari va ta’lim muassasalari:
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi;
ta’lim sifatini oşirişga, malakali kadrlarni tayyorlaşga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni va boşqa hujjatlarni işlab çiqişda iştirok etadi;
manfaatdor organlar va muassasalar bilan birgalikda örta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvçilari bandligining tahlilini amalga oşiradi hamda uning natijalari asosida ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlaşni takomillaştiriş böyiça takliflarni işlab çiqadi;
yoşlarning ta’limi va tarbiyasi sifatini oşiriş, öquv jarayoniga ta’limning zamonaviy şakllari va usullarini joriy etiş çora-tadbirlarini köradi;
ta’lim muassasalarida yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişni ta’minlaş maqsadida sport seksiyalari, fan, texnika tögaraklari va ijodiy tögaraklar, klublar taşkil etadi;
yoşlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, şuningdek ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalaşga doir faoliyatda iştirok etadi;
imkoniyati çeklangan yoşlarga ijtimoiy-psixologik va pedagogik yordam körsatadi;
yoş fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va ijtimoiy moslaştiriş böyiça çora-tadbirlar köradi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etuvçi boşqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Ta’limni davlat tomonidan boşqariş organlari va ta’lim muassasalari qonunçilikka muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.
11-modda. Davlat soğliqni saqlaş tizimini boşqariş organlarining va soğliqni saqlaş muassasalarining yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Davlat soğliqni saqlaş tizimini boşqariş organlari va soğliqni saqlaş muassasalari:
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi;
yoşlar örtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatiş va soğlom turmuş tarzini şakllantiriş böyiça tarğibotni taşkil etadi;
yoşlar örtasida tizimli tibbiy tekşiruvlarni taşkil etadi;
imkoniyati çeklangan yoşlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qiliş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
içkilikbozlikka, giyohvandlikka, zaharvandlikka çalingan, ruhiy holati buzilgan, yuqumli kasalliklarga va boşqa ijtimoiy xavfli kasalliklarga çalingan yoş fuqarolarni aniqlaydi, ularni hisobga olişni, tekşiruvdan ötkazişni, şuningdek tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilişni va ijtimoiy moslaştirişni amalga oşiradi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etuvçi boşqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Davlat soğliqni saqlaş tizimini boşqariş organlari va soğliqni saqlaş muassasalari qonunçilikka muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.
12-modda. Jismoniy tarbiya va sport böyiça organlarning yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Jismoniy tarbiya va sport böyiça organlar:
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi;
yoşlar örtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, soğlom turmuş tarzini şakllantirişga bölgan intilişni va sportga qiziqişni rağbatlantiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
yoşlar örtasida xalq öyinlari, milliy va boşqa sport turlari böyiça musobaqalar ötkazilişini taşkil etadi;
yoşlar örtasida xalqaro sport aloqalarini rivojlantiriş va mustahkamlaşda, sport musobaqalarini ötkazişda iştirok etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamda respublika miqyosida ötkaziladigan tadbirlarda iqtidorli va iste’dodli yoşlarning iştirok etişini ta’minlaydi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etuvçi boşqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Jismoniy tarbiya va sport böyiça organlar qonunçilikka muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.
121-modda. Madaniyat organlarining yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Madaniyat organlari:
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi;
yoşlar örtasida badiiy ijodiyot, xalq va havaskorlik ijodiyoti tarğibotini amalga oşiradi;
yoşlar örtasida kino, teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’atni, sirk, xalq amaliy san’atini va estrada san’atini rivojlantirişga, ularning ğoyaviy-badiiy va axloqiy saviyasini oşirişga kömaklaşadi;
yoşlar örtasidagi ommaviy-madaniy va bayram tadbirlari ğoyaviy mazmun bilan töldirilişini ta’minlaydi, ijodiy uyuşmalar va boşqa nodavlat notijorat taşkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yölga qöyadi;
yoşlar örtasida xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantiriş va mustahkamlaşda, konferensiyalar va körgazmalar ötkazişda iştirok etadi;
ijodkor yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaydi, ularning öz iqtidori va iste’dodini tölaqonli namoyon qilişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratadi;
ijodiy safarlar taşkil etilişini hamda madaniyat sohasida xalqaro va respublika miqyosida ötkaziladigan köriklarda, tanlovlarda, festivallarda, boşqa tadbirlarda iqtidorli va iste’dodli yoşlarning iştirok etişini ta’minlaydi;
milliy özlikni anglaşda mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat ğoyalarini yanada çuqur singdiriş, radikalizm va ekstremizmning yot ğoyalariga qarşi immunitetni mustahkamlaş borasida yoşlar örtasida ma’rifiy işlarni amalga oşiradi;
xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvçi asarlar yaratişda ijodiy jamoalarga, ayniqsa ijodkor yoşlarga har tomonlama kömaklaşadi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etuvçi boşqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Madaniyat organlari qonunçilikka muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.
13-modda. Mehnat organlarining yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Mehnat organlari:
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi;
yoşlarning bandligi darajasini tizimli asosda tahlil qiladi, ularning bandligini ta’minlaşda iştirok etadi;
yoşlarni kasbga öqitiş va qayta tayyorlaş böyiça tizimni taşkil etadi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etuvçi boşqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Mehnat organlari qonunçilikka muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.
14-modda. Prokuratura organlarining yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Prokuratura organlari:
yoşlarga oid davlat siyosati töğrisidagi qonunçilikning aniq va bir xilda ijro etilişi ustidan nazoratni amalga oşiradi;
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida iştirok etadi;
yoşlar örtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiradi, şu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilişi sabablarini va bunga imkon berayotgan şart-şaroitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
yoşlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga doir faoliyatda iştirok etadi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etuvçi boşqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Prokuratura organlari qonunçilikka muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.
15-modda. Içki işlar organlarining yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Içki işlar organlari:
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi;
yoşlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga doir faoliyatda iştirok etadi;
yoşlar örtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiradi, şu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilişi sabablarini va bunga imkon berayotgan şart-şaroitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
yoş fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va ijtimoiy moslaştiriş çora-tadbirlarini köradi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etuvçi boşqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Içki işlar organlari qonunçilikka muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.
16-modda. Adliya organlarining yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Adliya organlari:
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi;
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida iştirok etadi;
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş yuzasidan takliflar kiritadi;
yoşlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga doir faoliyatni amalga oşiradi hamda muvofiqlaştiradi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etuvçi boşqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Adliya organlari qonunçilikka muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.
17-modda. Mudofaa işlari böyiça organlarning yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Mudofaa işlari böyiça organlar:
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi;
yoşlarning çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarligini taşkil etişda iştirok etadi;
yoşlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga doir tadbirlarda iştirok etadi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda iştirok etuvçi boşqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Mudofaa işlari böyiça organlar qonunçilikka muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşirişi mumkin.
18-modda. Yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda fuqarolar özini özi boşqariş organlarining iştirok etişi
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari:
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi;
davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va boşqa taşkilotlar bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalardan bölgan yoş fuqarolarga qonunçilikda belgilangan tartibda qöşimça moddiy yordam körsatadi;
yoşlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga, ularning jamiyat hayotidagi roli va faolligini oşirişga, soğlom va barkamol yoş avlodni tarbiyalaşga, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni şakllantirişga qaratilgan çora-tadbirlarni köradi;
yoşlarni tarbiyalaş masalalari yuzasidan ta’lim muassasalari va boşqa muassasalar bilan hamkorlik qiladi;
tegişli hududda joylaşgan korxonalar, muassasalar va taşkilotlarda yoşlarning bandligini ta’minlaşga kömaklaşadi;
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunçilikning ijro etilişi, davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning röyobga çiqarilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiradi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda boşqa organlar va muassasalar, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qonunçilikka muvofiq boşqa tadbirlarda ham iştirok etişi mumkin.
19-modda. Yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda nodavlat notijorat taşkilotlarining iştirok etişi
Nodavlat notijorat taşkilotlari:
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi;
yoşlarda hayotga bölgan qat’iy işonç va qaraşlarni şakllantirişda, ularni qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarşi tura oladigan qilib tarbiyalaşda iştirok etadi;
soğlom va barkamol yoşlarni tarbiyalaşga, jamiyat hayotida ularning roli hamda faolligini oşirişga doir tadbirlarni taşkil etadi va ötkazadi;
yoşlarni ijtimoiy jihatdan qöllab-quvvatlaşni, yoş fuqarolarning şaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişni hamda röyobga çiqarişni ta’minlaydigan şart-şaroitlarni yaratişga kömaklaşadi;
fan, sport, san’at va madaniyat sohasida yoşlarning ijodiy iste’dodi va qobiliyatini erta aniqlaşga hamda rivojlantirişga kömaklaşadi;
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunçilikning ijro etilişi, davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning röyobga çiqarilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiradi;
yoşlarda soğlom turmuş tarziga intilişni şakllantirişda, yuqumli kasalliklarga va boşqa ijtimoiy xavfli kasalliklarga, içkilikbozlikka, giyohvandlikka, zaharvandlikka, kaşandalikka hamda özga zararli illatlarga qarşi kuraşişga doir profilaktika çora-tadbirlarini amalga oşirişda, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etişda, yoşlar sportini ommaviy rivojlantirişda iştirok etadi;
yoşlar orasida ekologik madaniyatni oşirişga, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirişga kömaklaşadi;
qonunçilikda belgilangan tartibda yoşlarni öqitiş bilan şuğullanişi mumkin;
yoşlarni tadbirkorlikka jalb etişga, kasbga yönaltirişga, qayta tayyorlaşga va malakasini oşirişga kömaklaşadi.
Nodavlat notijorat taşkilotlari qonunçilikka muvofiq boşqa tadbirlarda ham iştirok etişi mumkin.
Davlat yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda nodavlat notijorat taşkilotlarining iştirok etişini kafolatlaydi va ta’minlaydi.
20-modda. Yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişda ommaviy axborot vositalarining iştirok etişi
Ommaviy axborot vositalari:
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişga, şu jumladan soğlom va barkamol yoş avlodni tarbiyalaşga, jamiyat hayotida uning roli va faolligini oşirişga, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan tadbirlarni yoritadi;
yoşlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topişiga kömaklaşişga doir tadbirlarda iştirok etadi;
yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunçilikning ijro etilişi, davlat dasturlari va hududiy dasturlar röyobga çiqarilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiradi;
yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqarişni amalga oşiruvçi hamda unda iştirok etuvçi organlar va muassasalar, şuningdek fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan yoşlarga oid davlat siyosatini röyobga çiqariş masalalari böyiça hamkorlik qiladi.
Ommaviy axborot vositalari qonunçilikka muvofiq boşqa tadbirlarda ham iştirok etişi mumkin.
21-modda. Yoşlarning nodavlat notijorat taşkilotlari
Yoşlarning nodavlat notijorat taşkiloti jismoniy va (yoki) yuridik şaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida taşkil etilgan, daromad (foyda) olişni öz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) öz iştirokçilari (a’zolari) örtasida taqsimlamaydigan, yoşlarning şaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini röyobga çiqarişni hamda himoya qilişni, şuningdek yoşlarning ijtimoiy faolligini oşirişni özining maqsadlari deb biladigan, özini özi boşqaradigan taşkilotdir.
Yoşlarning nodavlat notijorat taşkilotlarini davlat moddiy va moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaydi, ularga qonunçilikda belgilangan tartibda ta’lim muassasalarining binolaridan, klublar, madaniyat va aholi dam oliş markazlaridan, sport inşootlaridan va boşqa inşootlardan foydalaniş huquqini beradi.
Yoşlarning nodavlat notijorat taşkiloti öz ustavida nazarda tutilgan, faoliyatini moddiy jihatdan ta’minlaş uçun zarur bölgan binolarga, inşootlarga, uy-joy fondiga, uskunalarga, aşyolarga, madaniy-ma’rifiy va soğlomlaştiriş uçun möljallangan mol-mulkka, pul mablağlariga, qimmatli qoğozlarga va boşqa mol-mulkka ega bölişi mumkin.
Ön tört yoşga tölgan şaxs yoşlarning nodavlat notijorat taşkiloti a’zosi bölişi mumkin. Yoşlarning nodavlat notijorat taşkilotiga a’zo böliş, a’zolikni yöqotiş şartlari va tartibi, şu jumladan yoşiga köra uning a’zoligidan çiqiş şartlari tegişli nodavlat notijorat taşkilotining ustavida belgilanadi.