Iş beruvçi quyidagi huquqlarga ega:
xodimlardan mehnatni muhofaza qilişga hamda işlarni xavfsiz olib borişga doir normalar, qoidalar va yöriqnomalarga rioya etişni talab qiliş;
xodimlarning alkogolli içimlikdan, giyohvandlik moddasi yoki toksik modda ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlaş uçun ularni tekşiruvdan ötkaziş;
xodimlar işlab çiqarişda olgan jarohatlanişlarning oğirlik darajasi, xodimlarda ularning jarohatlanişiga olib kelişi mumkin bölgan kasallik mavjudligi töğrisida, şuningdek ularning alkogolli içimlikdan, giyohvandlik moddasi yoki toksik modda ta’siridan mast holatda ekanligi haqida ma’lumotlar oliş;
mehnatni muhofaza qilişga oid talablarga rioya etilişi ustidan davlat nazorati va tekşiruvini amalga oşiruvçi organlarning qarorlari, ular mansabdor şaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga yoki böysunuv tartibida yuqori turuvçi organga yoxud mansabdor şaxsga şikoyat qiliş;
mehnatni muhofaza qilişga oid talablarga rioya etganlik uçun xodimlarni taqdirlaş va moddiy rağbatlantiriş çora-tadbirlarini köriş;
mehnatni muhofaza qilişga oid talablarni buzganlikda aybdor xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortiş.
Iş beruvçi qonunçilikka muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.
Iş beruvçi:
har bir iş örnida mehnat şaroitlarining mehnatni muhofaza qiliş talablariga muvofiq bölişini ta’minlaşi;
binolar, inşootlar, asbob-uskunalardan foydalaniş, texnologik jarayonlarni amalga oşiriş çoğida, şuningdek işlab çiqarişda xomaşyo va materiallarni qöllaş, işlar bajariş va xizmatlar körsatiş çoğida xodimlarning xavfsizligini ta’minlaşi;
iş örinlarida mehnat şaroitlarining holati, ayniqsa zararli işlab çiqariş omillari va xavfli işlab çiqariş omillari yuzasidan nazoratni amalga oşirişi;
mehnat şaroitlari töğrisida, şu jumladan kasb kasalliklari va boşqa kasalliklar xavfi mavjudligi, muayyan iş örinlarida va işlab çiqarişda mehnatni muhofaza qilişning holati haqida, şuningdek şu munosabat bilan xodimlarga berilişi lozim bölgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, şaxsiy himoya vositalari töğrisida xodimlarni öz vaqtida xabardor qilişi;
qonunçilikda belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qiliş xizmatini va yöl harakati xavfsizligi xizmatini taşkil etişi;
xodimlarni belgilangan normalar böyiça sut, davolaş-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv, şaxsiy himoya hamda gigiyena vositalari bilan ta’minlaşi, şuningdek jamoaviy himoya vositalari qöllanilişini ta’minlaşi;
xodimlarning mehnatni muhofaza qiliş böyiça yöl-yöriqlar olişini, mehnatni muhofaza qiliş masalalari böyiça öquvdan, qayta tayyorgarlikdan ötişini, malaka oşirişini va bilimlari tekşirilişini ta’minlaşi;
mehnatni muhofaza qiliş böyiça öquvdan ötmagan, yöl-yöriqlar olmagan va bilimlari tekşirilmagan şaxslarni işga qöymasligi;
xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilanadigan, imtiyozli şartlarda pensiyaga çiqiş huquqi beriladigan, nogironligi bölgan şaxslar band bölgan zararli, xavfli va boşqaça mehnat şaroitlariga ega iş örinlarida qonunçilikda belgilangan tartibda iş örinlarining mehnat şaroitlari böyiça attestatsiyasini ötkazişi;
dastlabki tarzda (işga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy köriklar belgilangan tartibda ötkazilişini taşkil etişi;
mehnatni muhofaza qilişga oid talablarga rioya etilişi ustidan davlat nazorati va tekşiruvini amalga oşiruvçi organlarga, şuningdek kasaba uyuşmalariga va xodimlarning boşqa vakillik organlariga ularning mehnatni muhofaza qiliş holati, baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekşirişi yuzasidan nazoratni, tekşirişni va monitoringni amalga oşirişi uçun zarur bölgan axborot va materiallarni taqdim etişi;
avariya vaziyatlarining oldini oliş, bunday vaziyatlar yuzaga kelganda xodimlarning hayoti va soğliğini saqlaş, şu jumladan jabrlanganlarga birinçi yordam körsatiş böyiça çora-tadbirlar körişi;
mehnatni muhofaza qilişga oid talablarga rioya etilişi ustidan davlat nazorati va tekşiruvini amalga oşiruvçi organlarning körsatmalarini bajarişi hamda kasaba uyuşmalarining va xodimlar boşqa vakillik organlarining taqdimnomalarini körib çiqişi;
işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan davlat tomonidan majburiy ijtimoiy suğurta qilinişini, şuningdek iş beruvçining fuqarolik javobgarligi majburiy suğurta qilinişini ta’minlaşi;
işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini belgilangan tartibda tekşiruvdan ötkazişi, şuningdek ularning hisobini yuritişi şart.
Iş beruvçining zimmasida qonunçilikka muvofiq boşqa majburiyatlar ham bölişi mumkin.