ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
Maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son hamda “2017 — 2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş, şuningdek, maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibini yanada takomillaştiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni 4-bandiga hamda 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturining 228-bandiga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boşlab pedagog xodimlarga malaka toifasini berişning yangi tizimi joriy qilinayotganligi ma’lumot uçun qabul qilinsin.

2. Belgilab qöyilsinki, 2022-yil 1-yanvardan boşlab:

maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlarini (keyingi örinlarda — pedagog kadrlar) attestatsiyadan ötkaziş böyiça vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahri, tumanlar (şaharlar) hamda ta’lim muassasalari miqyosidagi attestatsiya komissiyalari tuziş va yiğma jild orqali hujjat topşiriş amaliyoti bekor qilinadi;

pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholaş hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi (keyingi örinlarda — Ta’lim inspeksiyasi) tomonidan öquv fani böyiça malaka sinovini ötkaziş orqali amalga oşiriladi;

pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş va ularga malaka toifasi (lavozim) beriş böyiça hujjatlarni qabul qiliş pedagog kadrlar tomonidan davlat xizmatlari markazlariga borgan holda yoki mustaqil ravişda Özbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Ta’lim inspeksiyasi rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali amalga oşiriladi;

pedagog kadrlarga qoğoz şaklidagi attestatsiyadan ötganlik töğrisidagi sertifikat beriş amaliyoti bekor qilinib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qöyilgan elektron şakldagi sertifikat beriş tartibi joriy etiladi;

pedagog kadrlarga uşbu qaror qabul qilingunga qadar berilgan attestatsiyadan ötganlik töğrisidagi sertifikatlar öz kuçida qoladi hamda amaldagi malaka toifasini (lavozimini) tasdiqlaşda va amal qiliş muddati tugagunga qadar sertifikatda körsatilgan malaka toifasi (lavozimi) böyiça bazaviy tarif stavkalari asosida haq tölaşda hisobga olinadi.

3. Quyidagilarni nazarda tutuvçi Maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

pedagog kadrlarning pedagogik mahoratini va psixologik tayyorgarligini baholaş hamda öquv fani böyiça malakalarini sinovdan ötkaziş;

davlat xizmatlari markazlari, Özbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali pedagog kadrlarning hujjatlarini onlayn qabul qiliş hamda pedagog kadrlarga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qöyilgan elektron şakldagi sertifikat beriş;

uzoq muddatli uzluksiz stajga va oliy malaka toifasiga ega pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkazmasdan ularning oliy malaka toifasini saqlab qoliş hamda nodavlat ta’lim taşkilotlarining pedagog kadrlarini ham attestatsiyadan ötkaziş va malaka toifasi beriş.

4. Ta’lim inspeksiyasi 2022-yil 1-yanvarga qadar:

Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda Ta’lim inspeksiyasining budjetdan taşqari rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan “pedkadr.tdi.uz” platformasini işlab çiqsin;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi va boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda şaxsga doir ma’lumotlar böyiça axborot tizimining “pedkadr.tdi.uz” platformasi bilan integratsiya qilinişini ta’minlasin.

5. Tizimida maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar:

böysunuvidagi ta’lim taşkilotlari tomonidan navbatdagi attestatsiyadan ötadigan hamda navbatdan taşqari attestatsiyadan ötiş xohişini bildirgan pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi baholanişini taşkil etsin hamda baholaş natijalari yuzasidan ma’lumotnomaning pedagog kadrlarga öz vaqtida taqdim etilişini ta’minlasin;

attestatsiyadan ötganiga beş yil tölgan va beş yil davomida amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qilmagan yoki malakasini oşirmagan pedagog kadrlarni navbatdagi attestatsiyaga öz vaqtida jalb etiş çoralarini körsin.

6. Belgilansinki:

pensiya yoşiga tölgan pedagog kadrlar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi, attestatsiyadan ötganlik muddati tugaşidan qat’i nazar ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlab qolinadi hamda mazkur malaka toifasi (lavozimi) böyiça ularga haq tölanadi;

pensiya yoşiga tölgan pedagog kadrlar öz xohişiga köra navbatdan taşqari attestatsiyadan ötib, malaka toifasi (lavozimi) oşirilgan taqdirda, ularga yangi tasdiqlangan malaka toifasi (lavozimi) böyiça haq tölanadi.

7. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş jarayoni bilan boğliq xarajatlar Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Ta’lim inspeksiyasiga ajratilgan mablağlar doirasida amalga oşirilişi belgilab qöyilsin.

8. Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida çet tillarini öqitişning sifatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarorining 3-bandi uçinçi xatboşisi çiqarib taşlansin.

9. Özbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari öz kuçini yöqotgan deb hisoblansin.

10. Ta’lim inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda uşbu qarorga muvofiqlaştirsin.

11. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari B.A. Musayev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği U.N. Taşkenbayev, maktabgaça ta’lim vaziri A.V. Şin, xalq ta’limi vaziri Ş.X. Şermatov hamda oliy va örta maxsus ta’lim vaziri A.H. Toşkulov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A. ARIPOV

Toşkent ş.,
2021-yil 17-sentabr,
572-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga
1-ILOVA

Maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibi töğrisida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Uşbu Nizom davlat maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari (keyingi örinlarda — ta’lim taşkilotlari) pedagog kadrlarini (keyingi örinlarda — pedagog kadrlar) attestatsiyadan ötkaziş tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizom Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari pedagog kadrlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2. Quyidagilar pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkazişning vazifalari hisoblanadi:

pedagog kadrlarning ta’lim töğrisidagi hujjatida körsatilgan tayyorlov, ta’lim yönalişi, mutaxassisligi yoki ixtisosligi böyiça bilimlarini sinovdan ötkaziş;

pedagog kadrlarning öz fanini bilişi, faoliyati samaradorligi, pedagogik mahorati, psixologik tayyorgarligini örganiş va xolisona baho beriş hamda ularni rağbatlantiriş;

maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlarini yuqori bilim saviyasiga ega bölgan, iste’dodli va iqtidorli pedagog kadrlar bilan töldiriş.

3. Attestatsiyaning asosiy prinsiplari majburiylik, davriylik, oşkoralik, kengaşib iş köriş hamda xolislik hisoblanadi.

4. Pedagog kadrlar har beş yilda bir marta navbatdagi majburiy attestatsiyadan ötkaziladi.

Ilgari attestatsiyadan ötmagan işga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim taşkilotlarini bitirib birinçi bor işga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uç yil tölgandan söng navbatdagi majburiy attestatsiyadan ötkaziladi.

Pedagog kadrlar öz xohişiga köra navbatdan taşqari attestatsiyadan ötkazilişi mumkin.

Navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga köra amaldagi malaka toifasi (lavozimi) oşirilgan, saqlangan yoki tuşirilgan, şuningdek, navbatdan taşqari attestatsiya natijalariga köra amaldagi malaka toifasi (lavozimi) oşirilgan yoki saqlangan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga beş yildan söng jalb etiladi.

Pedagog kadrlarning majburiy attestatsiyaga öz muddatida jalb etilişi uçun pedagog kadr faoliyat körsatayotgan ta’lim taşkilotining rahbari şaxsan javobgar hisoblanadi.

Pedagog kadrlarning attestatsiyasini taşkil etiş va ötkaziş uşbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oşiriladi.

Nodavlat maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlarining pedagog kadrlari öz xohişiga köra mazkur Nizom talablariga muvofiq navbatdan taşqari attestatsiyadan ötişi mumkin.

5. Attestatsiyaga ta’lim taşkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog kadrlari jalb etiladi.

Ta’lim taşkilotlarining oliy ma’lumotga ega bölmagan pedagog kadrlari, şuningdek, işlab çiqariş ta’limi ustalari kasbiy standartlar hamda xodimlarning har bir lavozim va kasb böyiça malaka darajasiga qöyiladigan talablar asosida tizimida maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari bölgan vazirliklar va idoralar (keyingi örinlarda — manfaatdor vazirliklar va idoralar) tomonidan attestatsiyadan ötkaziladi.

Ta’lim taşkilotlarining oliy ma’lumotga ega bölmagan pedagog kadrlari va işlab çiqariş ta’limi ustalarini attestatsiyadan ötkaziş tartibi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.

6. Quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:

fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bölgan pedagog kadrlar;

oliy malaka toifa (boş öqituvçi lavozimi)ga ega bölganidan söng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz iş stajiga ega bölgan pedagog kadrlar;

pedagogik faoliyat böyiça 25 yil va undan köp iş stajiga ega bölgan pedagog xodimlar;

yoşga doir pensiyaga çiqişi uçun 5 yildan köp bölmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar;

pedagogik faoliyat bilan şuğullanayotgan pensiya yoşiga tölgan pedagog kadrlar;

pedagogik faoliyat böyiça uç yildan kam bölgan iş stajiga ega pedagog kadrlar;

homilador ayollar, ular homilador bölgan davrda hamda işga çiqqanidan keyin bir yil davomida;

homiladorlik va tuğiş hamda bolani parvariş qiliş ta’tillarida bölgan ayollar, ular ta’tilda bölgan davrda hamda işga çiqqanidan keyin bir yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan şuğullanayotgan uç yoşgaça bolalari bor ayollar;

uzoq (uç oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanişni ötayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda işga çiqqanidan keyin olti oy davomida;

mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida körsatilgan pedagog kadrlar, ularga malaka toifasi töğridan töğri berilgan yoki bir poğona oşirilgan vaqtdan boşlab keyingi beş yil davomida;

respublika va çet el davlatlariga öqişga, qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar;

ijtimoiy muhofazaga muhtoj, iş topişda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng şartlar asosida raqobatlaşa olmaydigan şaxslar uçun eng kam miqdordagi iş örinlariga zaxiraga olib işga joylaştirilgan pedagog kadrlar, bu iş joylariga qabul qilingan kundan boşlab uç yil davomida.

Qonunçilik hujjatlariga muvofiq mazkur bandda körsatilmagan boşqa pedagog kadrlar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinişi mumkin.

7. Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar öz xohişiga köra navbatdan taşqari attestatsiyadan ötişlari mumkin.

Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qoladi hamda ularga ta’lim taşkilotlarida işlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) böyiça haq tölanadi.

Öz xohişiga köra navbatdan taşqari attestatsiyada qatnaşib, malaka toifasini (lavozimini) oşirgan yoki saqlab qolgan pedagog kadrlarga oşirilgan yoki saqlab qolingan malaka toifasi (lavozim) böyiça haq tölanadi.

Öz xohişiga köra navbatdan taşqari attestatsiyada qatnaşib, attestatsiyadan öta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tuşirilmaydi hamda ularga navbatdan taşqari attestatsiyada qatnaşişdan oldin amalda bölgan malaka toifasi (lavozimi) böyiça haq tölanadi.

8. Quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) töğridan töğri (attestatsiyadan ötkazilmasdan) beriladi:

a) Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta’lim vazirligi tomonidan röyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:

tuman (şahar) bosqiçi ğolibini (1-örin) tayyorlagan maktabgaça ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya yöriqçilariga — ikkinçi malaka toifasi (katta öqituvçi lavozimi);

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar bosqiçi ğolibini (1-örin) tayyorlagan maktabgaça ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya yöriqçilariga — birinçi malaka toifasi (yetakçi öqituvçi lavozimi);

xalqaro hamda respublika bosqiçi ğolibi va sovrindorlarini (1 — 3-örin) tayyorlagan maktabgaça ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya yöriqçilariga — oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi);

b) belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport taşkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:

tuman (şahar) bosqiçi ğolibini (1-örin) tayyorlagan ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga — ikkinçi malaka toifasi (katta öqituvçi lavozimi);

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar bosqiçi ğolibini (1-örin) tayyorlagan ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga — birinçi malaka toifasi (yetakçi öqituvçi lavozimi);

xalqaro hamda respublika bosqiçi ğolibi va sovrindorlarini (1 — 3-örin) tayyorlagan ta’lim taşkilotlari jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga — oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi);

v) jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, şuningdek, “Beş taşabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari böyiça uç bosqiçli umumrespublika sport musobaqalarining:

tuman (şahar) bosqiçi ğolibi va sovrindorlarini (1 — 3-örin) tayyorlagan umumiy örta ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga — ikkinçi malaka toifasi (katta öqituvçi lavozimi);

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar bosqiçi ğolibi va sovrindorlarini (1 — 3-örin) tayyorlagan umumiy örta ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga — birinçi malaka toifasi (yetakçi öqituvçi lavozimi);

xalqaro hamda respublika (final) bosqiçi ğolibi va sovrindorlarini (1 — 3-örin) tayyorlagan umumiy örta ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilariga — oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi);

g) xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IÇO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumuş yoki bronza medal (birinçi, ikkinçi va uçinçi örin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim taşkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi);

d) oliy malaka toifasiga (boş öqituvçi lavozimiga) ega bölganidan söng oliy malaka toifasini (boş öqituvçi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz iş stajiga ega bölgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi).

9. Quyidagi pedagog kadrlarining malaka toifasi (lavozimi) bir poğonaga oşiriladi:

Özbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar;

“Ustoz” milliy mukofoti ğoliblari;

Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim taşkilotlarining pedagog kadrlari;

respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va körik-tanlovlarda ğoliblikni qölga kiritgan öquvçilarni tayyorlagan pedagog kadrlar;

Pedagog kadrlarning malaka toifasini (lavozimini) bir poğonaga oşirişda mazkur Nizom kuçga kirgandan keyingi erişilgan natijalar inobatga olinadi.

10. Ilgari attestatsiyadan ötmagan işga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim taşkilotlarini bitirib birinçi bor işga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar quyidagi tartibda malaka toifasi (lavozim) beriladi:

bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy ma’lumotli öqituvçi) lavozimi;

magistr darajasiga ega mutaxassislarga, şuningdek, oliy ma’lumot darajasi böyiça akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinçi malaka toifasi (katta öqituvçi lavozimi);

fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bölgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi).

11. Tuzilmasida maktabgaça, umumiy örta yoki maktabdan taşqari böğinlari mavjud bölgan örta maxsus va professional ta’lim taşkilotlarining mazkur böğinlarda dars berayotgan pedagog kadrlari attestatsiyadan maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari uçun belgilangan tartibda ötkaziladi.

12. Ta’lim taşkilotlari rahbarlari:

navbatdagi majburiy attestatsiyadan ötiş muddati tugaşidan olti oy oldin pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötiş lozimligi töğrisida yozma ravişda xabardor qilişi;

pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş tartibi bilan taniştirişi hamda attestatsiyadan ötiş uçun hujjat topşiriş boşlangunga qadar ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholaşni taşkil etişi lozim.

13. Attestatsiyaga doir taşkiliy masalalar Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi (keyingi örinlarda — Ta’lim inspeksiyasi), manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ta’lim taşkilotlari rahbarlari tomonidan amalga oşiriladi.

14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi attestatsiyaning mehnat töğrisidagi qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagog kadrlarning huquqlari ta’minlangan holda ötişini nazorat qiladi.

15. Attestatsiyani ötkazişda manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, öquv fani böyiça test sinovlarini ötkaziş va attestatsiya jarayonini qat’iy nazorat qiliş Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oşiriladi.

Muvofiqlaştiriş attestatsiya jadvallarini işlab çiqişni va tasdiqlaşni, attestatsiyani taşkil etişni, qöşma qarorlar loyihalarini tayyorlaşni, pedagog kadrlar uçun test, ijodiy, nazariy (oğzaki, yozma) va amaliy sinovlarni ötkazişni hamda ularning natijalarini e’lon qilişni, attestatsiyadan ötgan pedagog kadrlarga sertifikatlar berişni öz içiga oladi.

Attestatsiyani nazorat qiliş uning natijalarini tahlil qiliş, baholaş, uşbu Nizom talablari buzilişining oldini oliş hamda attestatsiyani taşkil etiş va ötkaziş jarayonida yöl qöyilgan qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotnomalarni Vazirlar Mahkamasining tegişli kotibiyatiga, manfaatdor vazirlik va idoralarga hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuboriş orqali amalga oşiriladi.

2-bob. Attestatsiyadan ötiş uçun hujjat topşiriş

16. Pedagog kadrlar asosiy iş joyi böyiça attestatsiyaga jalb etiladi. Ta’lim taşkilotlarida örindoşlik asosida dars beradigan va asosiy iş joyi böyiça pedagogik faoliyat bilan şuğullanmaydigan pedagog kadrlar örindoşlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim taşkilotidan attestatsiyaga jalb etiladi.

17. Pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boşqa ta’lim taşkilotlariga, ta’lim taşkilotlarining bir turidan boşqasiga yoxud nodavlat ta’lim taşkilotidan davlat ta’lim taşkilotiga işga ötganda saqlab qolinadi.

Bunda maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlarining ikkinçi malaka toifasi örta maxsus va professional ta’lim taşkilotlarining katta öqituvçisi lavozimiga, birinçi malaka toifasi — yetakçi öqituvçisi lavozimiga, oliy malaka toifasi — boş öqituvçisi lavozimiga tenglaştiriladi.

18. Pedagog kadrlar oliy ma’lumot olganligi yoki qayta tayyorlaş kurslaridan ötganligi haqidagi diplomda (keyingi örinlarda — diplom) körsatilgan tayyorlov, ta’lim yönalişi, mutaxassislik yoki ixtisosligiga mos keladigan öquv fanlar böyiça attestatsiyadan ötadi.

Pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki ta’lim yönalişi, mutaxassislik yoki ixtisoslik körsatilgan bölsa, ular dars berayotgan har bir öquv fani böyiça alohida attestatsiyadan ötadi, professional ta’lim taşkilotlarining umumkasbiy va maxsus fan öqituvçilari bundan mustasno.

Professional ta’lim taşkilotlarida ikki yoki undan ortiq umumkasbiy va maxsus fanlardan dars berayotgan pedagog kadrlar öquv yuklamasi köp bölgan bitta öquv fani böyiça, bir neçta fandan öquv yuklamasi teng miqdorda bölgan hollarda pedagog kadr tomonidan tanlangan öquv fani böyiça attestatsiyadan ötkaziladi.

Bunda professional ta’lim taşkilotlari umumkasbiy va maxsus fan öqituvçilariga attestatsiya natijalari böyiça berilgan lavozimi ular dars berayotgan fan sohasi böyiça boşqa öquv fanlariga ham tegişli böladi.

19. Attestatsiyadan ötiş uçun pedagog kadrlar har yili 1-yanvardan 1-martga qadar va 1-avgustdan 1-oktabrga qadar bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida röyxatdan ötgan holda murojaat qiladilar.

20. Pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatganlik uçun yiğim undirilmaydi.

21. Pedagog kadrlarni navbatdan taşqari attestatsiyadan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida yiğim undiriladi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda, yiğim summasining 90 foizi undiriladi.

Pedagog kadrlarni navbatdan taşqari attestatsiyadan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatganlik uçun yiğim tölanganligi yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.

22. Yiğim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, yiğim summasining:

20 foizi — Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan taşqari jamğarmasining şaxsiy hisobvarağiga;

0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalaştiriş böyiça maxsus hisobvarağiga;

50 foizi — Ta’lim inspeksiyasining hisobvarağiga;

qolgan qismi — Davlat budjetiga ötkaziladi;

b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, yiğim summasining:

10 foizi — Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan taşqari jamğarmasining şaxsiy hisobvarağiga;

11,75 foizi (şundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmati körsatilganda) — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalaştiriş böyiça maxsus hisobvarağiga;

50 foizi — Ta’lim inspeksiyasining hisobvarağiga;

qolgan qismi — Davlat budjetiga ötkaziladi;

v) Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali murojaat etilganda, yiğim summasining:

0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalaştiriş böyiça maxsus hisobvarağiga;

20 foizi — Davlat budjetiga;

qolgan qismi — Ta’lim inspeksiyasining hisobvarağiga ötkaziladi.

Pedagog kadr attestatsiyadan ötkaziş böyiça davlat xizmati körsatilişidan voz keçgan, amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qila olmagan va attestatsiyadan öta olmagan taqdirda, tölangan yiğim qaytarib berilmaydi.

Pedagog kadrlar uzrli sabablarga köra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boşqa muddatga köçirilgan taqdirda, yiğim takroran undirilmaydi.

23. Bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning özi mustaqil ravişda uşbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sörovnomani (keyingi örinlarda — sörovnoma) elektron tarzda töldiradi.

Sörovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

pedagog kadrning ta’lim töğrisidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik töğrisidagi hujjatni Özbekiston Respublikasida tan oliş haqidagi guvohnoma);

qayta tayyorlaş kurslaridan ötganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud bölsa);

pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholaş natijalari yuzasidan ma’lumotnoma.

Pedagog kadrlardan uşbu bandda körsatilmagan hujjatlarni taqdim etişni talab qiliş taqiqlanadi.

Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr mas’ul hisoblanadi.

24. Pedagog kadr özi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan sörovnoma töldirilgandan söng ariza beruvçi ma’lumotlarning töğriligini tekşirib, sörovnomani imzolarni identifikatsiya qilişning tegişli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boşqalar) bilan tasdiqlaydi.

Pedagog kadr Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat etgan taqdirda, sörovnomani ERI bilan tasdiqlaş talab etilmaydi. Bunda sörovnoma pedagog kadr tomonidan dasturga kiritilgan telefon raqamiga yoki elektron poçta manziliga avtomatik tarzda yuboriladigan SMS-xabarnoma orqali tasdiqlanadi.

25. Notöğri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqiçda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qiliş va attestatsiyadan ötkaziş jarayoni töxtatiladi, topşirilgan hujjatlar va tölangan yiğim qaytarilmaydi.

Pedagog kadrlar tomonidan topşirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlaş Ta’lim inspeksiyasida mavjud bölgan ma’lumotlar asosida amalga oşiriladi. Ta’lim inspeksiyasida mavjud bölgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topşirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlaş imkoni bölmagan taqdirda, Ta’lim inspeksiyasi tomonidan tegişli vakolatli taşkilotlarga sörovnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar tomonidan topşirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar Ta’lim inspeksiyasi tomonidan qonunçilik hujjatlariga muvofiq çora köriş uçun tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etiladi.

26. Quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki Ta’lim inspeksiyasi tomonidan davlat xizmatlari körsatilişi rad etilişi mumkin:

pedagog kadrlar tomonidan sörovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilişning boşqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;

pedagog kadrlar tomonidan notöğri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani ma’lum bölib qolganligi;

sörovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning töliq taqdim etilmaganligi;

attestatsiyadan ötkaziş böyiça davlat xizmati körsatganlik uçun belgilangan yiğimning tölanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan ötkaziş holatlari bundan mustasno).

Davlat xizmatlari körsatişni mazkur bandda körsatilgan asoslardan boşqa holatlar böyiça rad etişga yöl qöyilmaydi.

27. Pedagog kadr davlat xizmatidan foydalanişdan uni körsatişning har qanday bosqiçida boş tortişga haqli (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan ötkaziş holatlari bundan mustasno).

Pedagog kadr davlat xizmatidan foydalanişdan boş tortganda tölangan yiğim qaytarilmaydi.

Pedagog kadrga boğliq bölmagan holatlar (pedagog kadrning vafot etişi, mehnatga layoqatsiz bölib qolişi yoki pedagog kadr bilan mehnat şartnomasi bekor qilinişi tufayli davlat xizmatidan foydalaniş zarurati mavjud emasligi) sababli davlat xizmatidan foydalanilmagan taqdirda, tölangan yiğim pedagog kadrga yoki uning qonuniy vakiliga qaytariladi.

28. Pedagog kadr davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning sörovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan töldirilib, pedagog kadr tomonidan tasdiqlangandan söng 10 daqiqa mobaynida, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Ta’lim inspeksiyasiga elektron şaklda yuboriladi.

29. Hujjatlar töliq taqdim etilganda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan hujjatlar qabul qilinganligi töğrisida davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali pedagog kadrlarga xabarnoma yuboriladi.

Uşbu xabarnoma QR-kodga ega bölib, bunda pedagog kadrni attestatsiyaga jalb qiliş sanalari, jalb qilinadigan fani, pedagog kadrning şaxsiy ma’lumotlari aks ettiriladi hamda şaxsni tasdiqlovçi hujjat bilan elektron yoki bosma ravişda taqdim etilganda, attestatsiya jarayoniga kiriş uçun ruxsatnoma sifatida foydalaniladi.

30. Hujjatlar töliq taqdim etilmagan hollarda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan hujjatlar qabul qilinmaganligi töğrisida davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali pedagog kadrlarga xabarnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar hujjat qabul qiliş töxtatilgunga qadar kamçiliklarni tuzatgan holda hujjatlarni qayta topşirişlari mumkin. Bunda pedagog kadrdan davlat xizmatini körsatganlik uçun yiğim takroran undirilmaydi.

31. Pedagog kadrlardan hujjatlarni qabul qiliş har yili 1-mart va 1-oktabr sanalarida töxtatiladi.

Ta’lim inspeksiyasi tomonidan pedagog kadrlarning öquv fani böyiça malaka sinovlarini ötkaziş şakli hamda jadvali har yili 10-mart va 10-oktabrga qadar tasdiqlanadi, Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi, tegişli vazirliklar va idoralarga hamda SMS-xabarnoma orqali pedagog kadrlarga yuboriladi.

32. Mazkur Nizomning 8 — 10-bandlarida körsatilgan pedagog kadrlar har yili 1-yanvardan 31-dekabrga qadar töğridan töğri attestatsiyadan ötkazilmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini oliş uçun bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida röyxatdan ötgan holda murojaat qiladilar.

Mazkur Nizomning 8 — 10-bandlarida körsatilgan pedagog kadrlarga töğridan töğri attestatsiyadan ötkazmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini beriş böyiça davlat xizmatini körsatganlik uçun yiğim undirilmaydi.

Bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda mazkur Nizomning 8 — 10-bandlarida körsatilgan pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning özi mustaqil ravişda uşbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sörovnomani elektron tarzda töldiradi.

Ta’lim inspeksiyasi tomonidan mazkur Nizomning 8 — 10-bandlarida körsatilgan pedagog kadrning töğridan töğri attestatsiyadan ötkazilmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini oliş böyiça sörovnomasi 20 kun muddatda körib çiqiladi va ijobiy qaror qabul qilinganda ularga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq QR-kod qöyilgan elektron şakldagi sertifikat beriladi.

3-bob. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş

33. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş ikki bosqiçda amalga oşiriladi hamda ikkita bosqiç böyiça umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

34. Birinçi bosqiçda pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi ta’lim taşkilotining pedagogik (kuzatuv) kengaşlari tomonidan örganiladi hamda mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq baholaş mezonlari asosida 20 ballik tizimda baholanadi.

Pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi har bir attestatsiya uçun alohida baholanadi. Bunda oldingi attestatsiya jarayonida baholaş obyekti bölgan körsatkiçlar keyingi attestatsiyaning pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholaş bosqiçida hisobga olinmaydi.

Manfaatdor vazirliklar va idoralar pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq baholaş mezonlari asosida örganiş va baholaş uçun öz tizimidagi muassasalarni yoki mazkur faoliyatni amalga oşirişga ixtisoslaşgan boşqa taşkilotlarni, şuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilişlari mumkin.

Pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholaş natijalari uşbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq şakldagi ma’lumotnomaga kiritilib, ta’lim taşkiloti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda, Ta’lim inspeksiyasiga topşiriş uçun pedagog kadrlarga taqdim etiladi.

Pedagog kadrlar pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholaş natijalari yuzasidan ma’lumotnomada neça ball körsatilganidan qat’i nazar, attestatsiyaning keyingi bosqiçida iştirok etişlari mumkin.

Pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholaş natijalari yuzasidan ma’lumotnoma attestatsiyadan ötiş uçun hujjat topşiriş boşlangan sanaga qadar köpi bilan tört oy muddat içida berilgan bölişi lozim.

35. Ikkinçi bosqiçda pedagog kadrlarning öquv fani böyiça malaka sinovlari ötkaziladi.

Malaka sinovlari quyidagi şakllardan biri böyiça ötkaziladi:

test sinovlari;

ijodiy;

nazariy (oğzaki, yozma);

nazariy (oğzaki, yozma) va amaliy.

36. Test sinovlari har yili mart — may hamda oktyabr-noyabr oylarida Ta’lim inspeksiyasi tomonidan ötkaziladi.

Test sinovlari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, texnika va yonğin xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ötkaziladi.

Test sinovlari 40 ta savoldan iborat böladi, har bir töğri bajarilgan test savoli 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uçun jami 80 ball beriladi.

Umumiy örta, örta maxsus va professional ta’lim taşkilotlarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega çet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, puştu, dari, urdu, hind) tili fani öqituvçilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada öquv fani böyiça malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular uşbu malaka sinovidan ozod etiladi.

37. Öquv fani böyiça malaka sinovlari:

madaniyat va san’atga (tasviriy va amaliy san’at, dizayn, musiqa, teatr, sirk va xoreografiyaga) ixtisoslaştirilgan ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlari uçun — ijodiy sinovlar şaklida;

jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslaştirilgan ta’lim taşkilotlarining pedagog kadrlari uçun — nazariy (oğzaki, yozma) sinovlar şaklida;

ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilari uçun — nazariy (oğzaki, yozma) va amaliy sinovlar şaklida ötkaziladi.

Öquv (maxsus) fani böyiça malaka sinovlari madaniyat va san’atga, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslaştirilgan ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlari hamda ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilari uçun test sinovlari şaklida ham taşkil etilişi mumkin.

Öquv (maxsus) fani böyiça malaka sinovlari çet tili fani öqituvçilari uçun tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş va gapiriş könikmasini baholaşga qaratilgan ijodiy sinovlar şaklida ötkaziladi.

38. Ijodiy, nazariy (oğzaki, yozma), amaliy sinovlar Ta’lim inspeksiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning qöşma qarori bilan röyxati tasdiqlanadigan işçi guruhlar tomonidan har yili mart — may hamda oktyabr-noyabr oylarida ötkaziladi va mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq baholaş mezonlari asosida baholanadi.

Işçi guruh a’zolarining uçdan ikki qismi iştirok etganda yiğiliş vakolatli hisoblanadi.

39. Madaniyat va san’atga, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslaştirilgan ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlari uçun ijodiy va nazariy (oğzaki, yozma) sinovlar törtta topşiriqdan (savoldan) iborat böladi va belgilangan vaqtda, töliq, töğri va sifatli bajarilganligiga (töğri javob berilganiga) köra har bir topşiriq uçun 20 balldan, jami 80 ballik tizimda baholanadi.

40. Ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilari uçun nazariy (oğzaki, yozma) sinovlar törtta savoldan iborat böladi va belgilangan vaqtda, töliq, töğri va sifatli javob berilganligi köra har bir topşiriq uçun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.

Ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilari uçun amaliy sinovlar törtta jismoniy maşqdan (100 metrga yuguriş, joyidan turib uzunlikka sakraş, turnikda tortiliş (erkaklar uçun), gimnastika örindiğiga tayanib, qöllarni bukiş va yoyiş (ayollar uçun), yotgan holda qöllarni boş orqasiga qöyib gavdani kötariş) iborat böladi, har bir maşq uçun 15 balldan, jami 60 ballik tizimda mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq amaliy sinovlar normativlari asosida baholanadi.

Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş tizimida yoşiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilari amaliy sinovlardan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

41. Ijodiy va nazariy (oğzaki, yozma) sinovlar materiallari tizimida madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar tomonidan işlab çiqiladi.

42. Öquv fanidan malaka sinovlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toşkent şahrida joylaşgan ta’lim taşkilotlarida hamda boşqa taşkilotlarning katta siğimdagi binolarida oşkoralik va şaffoflikni ta’minlagan holda ötkaziladi.

Ta’lim taşkilotlarining jismoniy tarbiya fani öqituvçilari uçun amaliy sinovlar ta’lim taşkilotlarining stadionlarida yoki sport zallarida ötkaziladi.

43. Attestatsiya jarayoni uçun sinov materiallari Ta’lim inspeksiyasi tomonidan testologiyaning xalqaro talablari asosida, xolislik va maxfiylikni ta’minlagan holda şakllantiriladi.

Attestatsiya jarayoni uçun sinov materiallarini şakllantiriş uçun Ta’lim inspeksiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, ularning hududiy va idoraviy böysunuvidagi taşkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakçi olimlari va malakali mutaxassislari, mahalliy va xorijiy ekspertlar, şuningdek, nodavlat taşkilotlar vakillari jalb etilişi mumkin.

Sinov materiallarini şakllantiriş uçun jalb etiladigan şaxslarga Ta’lim inspeksiyasi bilan tuziladigan şartnomalar asosida haq tölanadi.

431.Çet tili fani öqituvçilari uçun öquv (maxsus) fani böyiça malaka sinovlari quyidagi bölimlardan iborat böladi:

a) “tinglab tuşuniş” bölimi oğzaki nutqni qabul qiliş könikmalarini, eşitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tuşuniş mahoratini tekşiradi;

b) “öqiş” bölimi öqilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tuşuniş mahoratini tekşiradi;

v) “yozma iş” bölimi tegişli darajadagi grammatik tuzilişdan va talabgorning luğat zaxirasidan foydalangan holda, berilgan mavzular böyiça bir-biri bilan boğlangan matnlarni tuziş mahoratini tekşiradi;

g) “gapiriş” bölimi tegişli darajadagi grammatik tuzilişdan va luğat zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob beriş va öz nuqtai nazarini asoslaş mahoratini tekşiradi.

432.. Çet tili fani öqituvçilari uçun öquv (maxsus) fani böyiça malaka sinovi qoğoz blankalarda yoki kompyuterda (onlayn platforma orqali) ötkazilişi mumkin. Malaka sinovini ötkaziş joyi Ta’lim inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.

Yozma yoki oğzaki malaka sinovi uçun imtihon komissiyasi taşkil etiladi.

Imtihon komissiyasining tarkibi Ta’lim inspeksiyasi rahbarining buyruği bilan tasdiqlanadi va unga Ta’lim inspeksiyasi xodimlari, tajribali pedagoglar va malakali mutaxassislar kiritiladi.

Malaka sinovi qoğoz blankalarda ötkazilganda, ikki bosqiçdan iborat böladi. Bunda birinçi bosqiç “tinglab tuşuniş”, “öqiş”, “yozma iş” bölimlaridan, ikkinçi bosqiç “gapiriş” bölimidan taşkil topadi.

Malaka sinovi tegişli maxsus dasturlar asosida kompyuterda ötkazilganda, barça bölimlar qamrab olingan holda bir bosqiçda amalga oşiriladi.

433. Çet tili fani öqituvçilari uçun öquv (maxsus) fani böyiça malaka sinovlariga jalb etiladigan imtihon komissiyasi a’zolari va kuzatuvçilar bilan şartnoma tuziladi.

434. “Tinglab tuşuniş”, “öqiş” bölimlari böyiça bilimlar maxsus dasturlar yordamida kompyuterda tekşiriladi. “Yozma iş” va “gapiriş” bölimlari böyiça bilimlar maxsus dasturlar yordamida Ta’lim inspeksiyasining mas’ul tarkibiy bölinmasi nazorati ostida imtihon komissiyasi tomonidan tekşiriladi va natijalari rasmiylaştiriladi.

435. Çet tili fani öqituvçilari uçun öquv (maxsus) fani böyiça malaka sinovi jarayonida:

“tinglab tuşuniş” uçun — 30 daqiqa;

“öqiş” uçun — 45 daqiqa;

“yozma iş” uçun — 30 daqiqa;

“gapiriş” uçun — 10 daqiqa vaqt ajratiladi.

436. Malaka sinovida:

“tinglab tuşuniş”, “öqiş” bölimlarining har biri 30 ta savoldan;

“yozma iş” bölimi 120 — 150 ta sözdan iborat topşiriqdan;

“gapiriş” bölimi topşiriqlarning 3 ta turidan iborat böladi.

437. Ta’lim inspeksiyasi malaka sinovi natijalarini sinov yakunlangan kundan boşlab bir haftadan keçikmasdan, Internet jahon axborot tarmoğidagi rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

438. Çet tili fani öqituvçilari uçun öquv (maxsus) fanidan malaka sinovi har bir bölimining eng yuqori bahosi 20 ballni va barça bölimlar uçun maksimal baho 80 ballni taşkil etadi.

439. Çet tili fani öqituvçilari uçun öquv (maxsus) fanidan malaka sinovini taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq jarayonlarda iştirok etadigan Ta’lim inspeksiyasi xodimlari, imtihon komissiyasi a’zolari, sinov materiallarini tayyorlaydigan ekspertlar va mutaxassislarni xalqaro hamda xorijiy taşkilotlar tomonidan öqitiş hamda metodik yordam körsatiş bilan boğliq xarajatlar Ta’lim inspeksiyasining Davlat budjetidan ajratilgan mablağlari doirasida hamda budjetdan taşqari mablağlari hisobidan qoplanadi.

4310. Pedagog kadr quyidagi hollarda öquv (maxsus) fani böyiça malaka sinovlaridan çetlaştiriladi:

sinov ötkazilayotgan auditoriyaga har qanday adabiyot, şpargalka yoki telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirsa;

sinov ötkazilayotgan vaqtda boşqa iştirokçilar bilan muloqot qilsa;

savollarni köçirib olişga hamda sinov materiallarini auditoriyadan olib çiqişga harakat qilsa;

sinov materiallarini boşqa talabgorlarga bersa, sinovni ötkaziş jarayoniga xalaqit qilsa;

sinov jarayoniga boşqa talabgorning örniga kirganligi aniqlansa;

sinovlar uçun ajratilgan vaqt tugagandan söng sinov materiallarini topşirişdan boş tortsa;

sinovlar jarayonida videokuzatuvlar orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

44. Ikkita bosqiç natijalariga köra:

a) oliy malaka toifali yoki boş öqituvçi lavozimidagi pedagog kadr:

80 ball va undan yuqori körsatkiçga ega bölsa — attestatsiyadan ötgan, oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi) saqlangan;

80 balldan kam körsatkiçga ega bölsa — attestatsiyadan ötmagan, birinçi malaka toifasiga (yetakçi öqituvçi lavozimiga) tuşirilgan (navbatdan taşqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

b) birinçi malaka toifali yoki yetakçi öqituvçi lavozimidagi pedagog kadr:

80 ball va undan yuqori körsatkiçga ega bölsa — attestatsiyadan ötgan, oliy malaka toifasi (boş öqituvçi lavozimi) berilgan;

70 balldan 79 ballgaça körsatkiçga ega bölsa — attestatsiyadan ötgan, birinçi malaka toifasi (yetakçi öqituvçi lavozimi) saqlangan;

70 balldan kam körsatkiçga ega bölsa — attestatsiyadan ötmagan, ikkinçi malaka toifasiga (katta öqituvçi lavozimiga) tuşirilgan (navbatdan taşqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

v) ikkinçi malaka toifali yoki katta öqituvçi lavozimidagi pedagog kadr:

70 ball va undan yuqori körsatkiçga ega bölsa — attestatsiyadan ötgan, birinçi malaka toifasi (yetakçi öqituvçi lavozimi) berilgan;

60 balldan 69 ballgaça körsatkiçga ega bölsa — attestatsiyadan ötgan, ikkinçi malaka toifasi (katta öqituvçi lavozimi) saqlangan;

60 balldan kam körsatkiçga ega bölsa — attestatsiyadan ötmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli öqituvçi) lavozimiga tuşirilgan (navbatdan taşqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

g) mutaxassis yoki oliy ma’lumotli öqituvçi lavozimidagi pedagog kadr:

60 ball va undan yuqori körsatkiçga ega bölsa — attestatsiyadan ötgan, ikkinçi malaka toifasi (katta öqituvçi lavozimi) berilgan;

55 balldan 59 ballgaça körsatkiçga ega bölsa — attestatsiyadan ötgan, mutaxassis (oliy ma’lumotli öqituvçi) lavozimi saqlangan;

55 balldan kam körsatkiçga ega bölsa — attestatsiyadan ötmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli öqituvçi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan taşqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.

Navbatdan taşqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestatsiyadan öta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tuşirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi.

Mutaxassis (oliy ma’lumotli öqituvçi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan öta olmagan taqdirda, iş beruvçi xodimning malakasi yetarli bölmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat şartnomasini mehnat töğrisidagi qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qiliş huquqiga ega.

441. Iş beruvçi mehnat şartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan öta olmagan mutaxassis (oliy ma’lumotli öqituvçi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan taşqari attestatsiyaga köpi bilan uç marta jalb etiladi. Bunda uç martadan birortasida ham navbatdan taşqari attestatsiyadan öta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka çalinişi oqibatida uzoq muddatli mehnatga qobiliyatsizlik hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan taşqari hollarda) attestatsiyada iştirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat şartnomasi xodimning malakasi yetarli bölmaganligi sababli bekor qilinadi.

45. Pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqiçida uzrli sababga (vaqtinça mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda iştirok etganligi, vaqtinça xorijiy mamlakatda safarda bölganligi, yaqin qarindoşining vafoti, vakolatli davlat organi yoki ta’lim taşkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida körsatilgan boşqa asoslarga) köra kelmagan bölsa, ularning attestatsiyasi boşqa muddatga köçiriladi.

46. Pedagog kadr uzrsiz sababga köra attestatsiyada iştirok etmagan bölsa, u attestatsiyadan ötmagan hisoblanadi hamda uning tegişli malaka toifasi (lavozimi) bir poğona tuşiriladi.

Uzrsiz sababga köra attestatsiyada iştirok etmagan mutaxassis (oliy ma’lumotli öqituvçi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan ötmagan hisoblanadi hamda iş beruvçi xodimning malakasi yetarli bölmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat şartnomasini mehnat töğrisidagi qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qiliş huquqiga ega.

47. Attestatsiya yakunlanganidan söng bir oy muddatda Ta’lim inspeksiyasi boşliğining buyruği bilan attestatsiya natijalariga köra oliy, birinçi va ikkinçi malaka toifalari hamda boş, yetakçi va katta öqituvçi lavozimlari berilgan pedagog kadrlarning röyxati tasdiqlanadi hamda röyxatga asosan pedagog kadrlarga mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq şakldagi QR-kod qöyilgan elektron şakldagi sertifikatlar (keyingi örinlarda — sertifikat) Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali onlayn generatsiya qilinadi.

Navbatdagi majburiy va navbatdan taşqari attestatsiya natijalariga köra malaka toifasi (lavozimi) oşirilgan yoki saqlangan, şuningdek, navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga köra malaka toifasi (lavozimi) tuşirilgan pedagog kadrlarning oylik iş haqlariga kiritiladigan özgarişlar avtomatik tarzda hisoblab çiqarilişi uçun Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boşqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boşqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

Pedagog kadrlar davlat xizmatlari markaziga boriş yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida joylaşgan şaxsiy kabinetiga kiriş orqali elektron şakldagi sertifikatni yuklab olişi mumkin.

48. Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning iş haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boşlab qayta hisoblanadi.

49. Attestatsiyadan ötganlik muddati tugagan va navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod etilmagan pedagog kadrlarga mutaxassis (oliy ma’lumotli öqituvçi) lavozimi böyiça haq tölanadi.

50. Attestatsiyadan ötganlik muddati tugab, mutaxassis (oliy ma’lumotli öqituvçi) lavozimi böyiça haq tölanayotgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga oxirgi olgan malaka toifasi (lavozimi) böyiça jalb qilinadi.

4-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qiliş

51. Attestatsiya natijalaridan norozi bölgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boşlab ön kun mobaynida apellatsiya komissiyasiga yozma ravişda ariza (şikoyat) berişlari mumkin.

52. Apellatsiya komissiyasi attestatsiya boşlangandan keyin ön kun içida Ta’lim inspeksiyasi boşliğining buyruğiga köra har bir ta’lim turi böyiça yetti kişidan iborat tarkibda tuziladi.

Apellatsiya komissiyasi tarkibi Ta’lim inspeksiyasi boşliğining örinbosari (komissiya raisi), manfaatdor vazirlik va idoraning sohaga mas’ul tarkibiy bölinmasi rahbari (komissiya raisi örinbosari), Ta’lim inspeksiyasi xodimlari (bir nafari — komissiya kotibi), manfaatdor vazirlik va idoraning kasaba uyuşmasi vakili hamda xodimlaridan iborat böladi.

Apellatsiya komissiyasiga murojaat qiliş yozma ravişda yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda amalga oşiriladi.

53. Apellatsiya komissiyasining tarkibi va iş tartibi apellatsiya komissiyasini taşkil etiş töğrisidagi buyruqda belgilanadi.

Apellatsiya komissiyasining murojaatlarni masofadan turib onlayn tarzda körib çiqiş vaqtlari töğrisidagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga joylaştiriladi.

54. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga işçi guruhlar tarkibidan a’zo kiritilmaydi.

55. Apellatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritiş uçun jamoatçilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etişi mumkin.

56. Apellatsiya komissiyasi yiğilişida komissiya a’zolarining yarmidan köpi iştirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuçga ega böladi.

57. Ariza (şikoyat) röyxatga olingan kundan boşlab ön kun muddatda körib çiqiladi.

58. Murojaat etuvçi pedagog kadrlar apellatsiya komissiyasi tomonidan murojaati körib çiqilişi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda iştirok etişi mumkin.

59. Apellatsiya komissiyasi pedagog kadrning attestatsiya jarayonlariga oid murojaatini körib çiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

pedagog kadrning töğri baholanganligi, öquv fani böyiça test va malaka sinovi materiallarida xato va kamçiliklar, şuningdek, sinovlarni ötkaziş jarayonida taşkiliy-texnik jihatdan kamçiliklar aniqlanmagan taqdirda, attestatsiya natijalarini özgartirişsiz qoldiriş;

pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi notöğri baholanganligi, öquv fani böyiça test yoki malaka sinovi materiallarida xato va kamçiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, attestatsiya natijalarini özgartiriş;

öquv fani böyiça test yoki malaka sinovlarini ötkaziş jarayonida taşkiliy-texnik jihatdan kamçiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, test sinovlarining qaytadan topşirilişini taşkil etiş.

60. Apellatsiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvçi pedagog kadrga apellatsiya komissiyasi qarori çiqqan kundan e’tiboran beş kun muddatda taqdim etiladi.

5-bob. Yakunlovçi qoidalar

61 Ta’lim inspeksiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning qöşma qarori, Ta’lim inspeksiyasi rahbarining buyruği yoki apellatsiya komissiyasi qarori yuzasidan pedagog kadrlar qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga şikoyat qilişi mumkin.

62. Uşbu Nizom talablari buzilişida aybdor bölgan şaxslar qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.