Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3178-son qarori ijrosini ta’minlaş, şuningdek, musiqa sohasidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining Özbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazini (keyingi örinlarda Markaz deb ataladi) taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
Özbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi boşqaruv xodimlarining çeklangan umumiy soni 11 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tartibi töğrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarur hollarda, Özbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi tuzilmasiga xodimlarning umumiy çeklangan soni hamda mehnatga haq tölaş jamğarmasi doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi berilsin.
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş;
musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş kurslarining öquv-metodik bazasini şakllantiriş va faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda ularga taşkiliy-metodik rahbarlikni amalga oşiriş;
öquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etişni hisobga olgan holda qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarining öquv rejalari va dasturlarini tizimli ravişda takomillaştirişni ta’minlaş;
musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş jarayonlarining ilmiy muammolariga yönaltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanişlar olib borilişini muvofiqlaştiriş;
öqitişning zamonaviy şakl va uslublari, samarali pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilişini ta’minlaş;
musiqa sohasi pedagoglarining malakasini har beş yilda bir marta oşiriş, bunda ilğor xalqaro tajribadan keng foydalaniş, professional bilimlarni va könikmalarni rivojlantirişga yönaltirilgan samarali öqitiş dasturlari va uslublarini joriy etiş;
qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari tinglovçilarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va xorijiy tillarni samarali özlaştirişlari uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş;
xalqaro tanlovlarda munosib qatnaşadigan iqtidorli yoş professional musiqaçilar tayyorlaş uçun ularning könikma va bilimlarini rivojlantirişga yönaltirilgan zamonaviy öqitiş dasturlari va uslublarini joriy etiş.
4. Belgilab qöyilsinki, Markaz yuridik şaxs maqomiga, öz ustaviga, Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tuşirilgan va öz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ğaznaçiligida şaxsiy ğazna hisobvarağiga ega bölgan, musiqaga ixtisoslaştirilgan maktab (maktab-internatlar), örta maxsus va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari, xususan, bolalar musiqa va san’at maktablarining pedagog xodimlarini (keyingi örinlarda musiqa sohasi pedagoglari deb ataladi) qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişga ixtisoslaştirilgan ilmiy-metodik va ta’lim muassasasi hisoblanadi.
5. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
a) bir hafta muddatda Markazga Özbekiston davlat konservatoriyasi hududidan bino va xonalar ajratiş çoralarini körsin;
b) ikki oy muddatda:
sohani rivojlantirişga yönaltirilgan vazifalardan kelib çiqqan holda Markaz ustavini işlab çiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat röyxatidan ötkazilişini ta’minlasin;
Markazni yuqori malaka va tajribaga ega bölgan kadrlar, şuningdek, xalqaro darajadagi tanlovlarning ğolib va sovrindorlari bölgan malakali musiqa sohasi mutaxassislari bilan ta’minlasin;
malaka oşiriş va qayta tayyorlaş kurslari uçun öquv reja va dasturlarini işlab çiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, ularning doimiy ravişda takomillaştirib borilişini ta’minlaş çoralarini körsin.
6. Belgilab qöyilsinki:
tizimida musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari bölgan vazirlik va idoralar har yili 15-noyabrga qadar tegişli muassasalarda faoliyat yuritayotgan musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining egallab turgan lavozimiga köra malaka oşiriş kurslaridan ötişi böyiça belgilangan davriylikni inobatga olgan holda keyingi kalendar yilda malaka oşiriş kurslariga öqişga yuboriladigan tinglovçilar kontingentini şakllantirib, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etib boradilar;
Markaz xodimlariga oliy ta’lim muassasalari uçun belgilangan me’yorlar böyiça mehnatga haq tölaş miqdorlari va şartlari tatbiq etiladi;
ta’lim jarayoniga oliy ta’lim muassasalarining professor-öqituvçilari hamda musiqa sohasidagi yetakçi mutaxassislar jalb etilganda, ularga belgilangan tartibda soatbay asosida iş haqi tölanadi.
7. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilansin:
Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari;
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan ötkaziladigan tanlovlarning natijalari böyiça ajratiladigan grantlar;
tölov-kontrakt asosida tinglovçilarni öqitişdan tuşadigan mablağlar;
xöjalik faoliyatidan va şartnoma asosida körsatilgan xizmatlardan tuşadigan mablağlar;
ta’lim xizmatlari körsatişdan, ilmiy-öquv, öquv-metodik, ilmiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni işlab çiqişdan va boşqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor taşkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Belgilab qöyilsinki, Markazni saqlaş xarajatlari 2019-yilda Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ijtimoiy soha uçun ajratilgan mablağlar hisobidan amalga oşiriladi, 2020-yildan boşlab Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
8. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining 2019-yilga möljallangan Investitsiya dasturida Markaz qurilişi uçun 10 mlrd. söm mablağ nazarda tutilgani ma’lumot uçun qabul qilinsin.
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Özbekiston Respublikasining 2020-yilga möljallangan rivojlaniş davlat dasturi parametrlarini şakllantirişda Markazni quriş hamda jihozlaş işlari uçun belgilangan tartibda mablağlar ajratilişini nazarda tutsin.
9. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markazga 1 ta xizmat avtotransport vositasini saqlaş uçun limit ajratsin.
10. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda uşbu qarorga muvofiqlaştirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari A.A. Abduxakimov hamda Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
1. Uşbu Nizom davlat hamda nodavlat musiqaga ixtisoslaştirilgan maktab (maktab-internatlar), örta maxsus va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari, xususan, bolalar musiqa va san’at maktablarining pedagog xodimlari hamda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Özbek milliy maqom markazi”, ansambllar, orkestrlar rahbar va xodimlarini (keyingi örinlarda musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari deb ataladi) qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tartibini belgilaydi.
2. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari böyiça lavozimlar va mutaxassisliklar nomenklaturasi Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan şakllantiriladi.
3. Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari Özbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi (keyingi örinlarda Markaz deb ataladi) bilan tuzilgan şartnoma asosida mazkur Nizomga ilovadagi sxema böyiça qayta tayyorlaş va malaka oşirişdan ötadilar.
4. Uşbu Nizomda quyidagi asosiy tuşunçalar qöllaniladi:
buyurtma — davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini tizimli tahlil qiliş asosida Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti, şuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari hisobidan moliyalaştiriladigan malaka oşiriş kurslaridan ötişning davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uçun oylar va öqiş yönalişlari böyiça şakllantirilgan tinglovçilar kontingenti;
buyurtmanoma — buyurtmaçi tomonidan musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş kursiga qabul qiliş uçun Markazga taqdim etiladigan va mazkur Nizomda belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan pedagog va mutaxassislar röyxati;
buyurtmaçi — tasarrufida musiqa sohasidagi örta, örta maxsus, maktabdan taşqari ta’lim muassasalari mavjud bölgan vazirliklar, idoralar va taşkilotlar, şuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari;
kontingent — davlat tasarrufidagi musiqaga ixtisoslaştirilgan maktab (maktab-internatlar), örta maxsus va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari, xususan, bolalar musiqa va san’at maktablarining musiqa sohasi, şuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari pedagog xodimlari hamda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Özbek milliy maqom markazi”, ansambllar, orkestrlarning rahbar va xodimlarining faoliyatini tizimli tahlil qiliş asosida Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti, şuningdek, nodavlat ta’lim muassasasi hisobidan moliyalaştiriladigan malaka oşiriş kurslaridan ötişning belgilangan davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uçun oylar va öqiş yönalişlari böyiça şakllantirilgan tinglovçilar röyxati;
malaka talablari — qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari bitiruvçisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qöyiladigan talablar;
pedagog xodim — musiqaga ixtisoslaştirilgan maktab (maktab-internatlar), örta maxsus va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari, xususan, bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oşiruvçi öqituvçi;
tinglovçi — Markaz direktori buyruği bilan qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kursiga qabul qilingan musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari;
tyutor (pedagog öqituvçi-konsultant) — masofaviy malaka oşiriş ta’lim jarayonida tegişli öquv moduli böyiça tinglovçilar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi va yönaltiruvçi, metodik yordam körsatuvçi, öqiş va biliş nazoratini amalga oşiruvçi subyekt;
yakuniy nazorat — tinglovçilarni yakuniy test sinovlari va bitiruv malakaviy (kursni tugatiş) işiga qöyilgan baholar yiğindisi.
5. Öquv jarayonini malaka talablariga muvofiq yuqori ilmiy-uslubiy darajada ta’minlaş, ilğor pedagogik va axborot texnologiyalari, şuningdek, öqitişning interaktiv usullari böyiça kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravişda rivojlantirişga kömaklaşiş uçun zarur bölgan kasbiy bilimlar va könikmalarni muntazam ravişda yangilab boriş, musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş kurslarining (keyingi örinlarda qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari deb ataladi) maqsadi hisoblanadi.
6. Quyidagilar Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişning vazifalari hisoblanadi:
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari kasbiy mahorati darajasining lavozim malaka tavsiflariga muvofiqligini ta’minlaş;
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qonunçilik normalari, nazariya, ilmiy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va sohadagi innovatsiyalar, şuningdek, ta’lim amaliyotini taşkil etişning zamonaviy uslublari sohasidagi sönggi yutuqlari bilan taniştirib boriş;
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari salohiyatidan hamda mavjud moddiy-texnika bazasidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş;
ilğor xorijiy tajribalarni keng joriy etgan holda musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş faoliyatining sifati va samaradorligini oşirişni ta’minlaş;
Internet jahon axborot tarmoği, multimedia tizimlari va masofadan öqitiş usullaridan keng foydalangan holda, musiqa sohasi pedagoglariga zamonaviy iş uslublarini özlaştirişga, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni öz faoliyatiga faol tatbiq etişiga kömaklaşiş;
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining kasbiy bilimi, könikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab boriş, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlaş uçun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oşiriş;
mustaqil fikrlaş könikmalarini singdiriş, pedagogik nufuzni va kompetentlikni rivojlantiriş;
musiqa sohasi mutaxassislarini zamonaviy musiqiy repertuardagi özgarişlar, kompozitorlik va bastakorlik ijodiyotidagi yangiliklardan xabardor qiliş va mehnat faoliyatiga singdiriş;
rahbar xodimlarning musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini boşqariş malakalarini şakllantiriş, musiqa sohasidagi yangiliklarni tahlil qiliş va joriy etişga örgatiş, xorijiy tajribalarni özi rahbarlik qilayotgan muassasaga tatbiq etiş, innovatsiyalarni joriy etişga örgatiş;
öquv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy işlarni amalga oşirişda ilğor ta’lim-tarbiya texnologiyalaridan va jahon tajribasidan foydalaniş könikmalarini mustahkamlaş;
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş mazmunini takomillaştiriş böyiça ilmiy-tadqiqot hamda öquv-metodik işlarni olib boriş könikmalarini şakllantiriş;
qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarining töğridan töğri şakllarini amaliyotga joriy etiş;
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va xorijiy tillarni özlaştiriş uçun qöşimça şart-şaroitlar yaratiş;
Özbekiston davlat konservatoriyasi kafedralarining musiqaga ixtisoslaştirilgan madaniyat va san’at maktablari (maktab-internatlari), örta maxsus va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari, xususan, bolalar musiqa va san’at maktablari hamda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Özbek milliy maqom san’ati markazi”, ansambllar, orkestrlar bilan özaro integratsiyasini ta’minlaş;
pedagoglarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini yanada rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş.
7. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimida ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga qöyiladigan malaka talablari “Ta’lim töğrisida” va “Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq belgilanadi hamda ularda ta’lim jarayonini taşkil etişni, uning mazmunini, metodik ta’minlaşni, sifat va samaradorligini oşirişni takomillaştirişga doir talablar aks ettiriladi.
8. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimida ta’lim dasturi mazmuniga qöyiladigan talablar yönalişlar böyiça zarur hamda yetarli bilim va könikmalarni özlaştiriş hisobga olingan holda, pedagog va mutaxassislarning malaka tavsiflariga qat’iy muvofiqlik tamoyillari asosida belgilanadi.
9. Ta’lim dasturi ilm-fan, pedagogik va innovatsion texnologiyalarning sönggi yutuqlariga muvofiq taşkil etilişi hamda ta’lim turlari örtasida uzluksizlik va uzviylikni ta’minlaş talablariga mos bölişi kerak.
Ta’lim dasturida ta’lim oluvçilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlaş va ularni özlaştiriş nazarda tutilişi lozim.
Markazning öquv rejasi va dasturlarini tuziş, ekspertizadan ötkaziş, tasdiqlaş va ularni ta’lim jarayoniga joriy etiş Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oşiriladi.
10. Musiqa sohasining pedagoglarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimiga quyidagilar kiradi:
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;
Özbekiston davlat konservatoriyasi (keyingi örinlarda Konservatoriya deb ataladi);
Özbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Musiqa sohasi pedagog va ularning mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi (keyingi örinlarda Markaz deb ataladi);
buyurtmaçi.
11. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi örinlarda Vazirlik deb ataladi):
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimiga umumiy rahbarlik qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlaştiradi;
buyurtma asosida taşkil etiladigan malaka oşiriş kurslarini Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalaştiriş uçun Moliya vazirligiga taklif kiritadi;
keyingi kalendar yili uçun Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalaştiriladigan malaka oşiriş kurslarini, oylar, malaka oşiriş şakllari va öqiş yönalişlari böyiça buyurtmani şakllantiradi va tasdiqlaydi;
qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarining öquv jarayonini takomillaştiriş mexanizmlari va uslublarini belgilaydi, tegişli öquv-metodik, normativ-huquqiy hujjatlarni hamda qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari tinglovçilari bilimlarini baholaş mezonlarini tasdiqlaydi;
Markazning axborot-resurs markazi va moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş çoralarini köradi;
qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari bitiruvçilarining tayyorgarligi va kompetensiyasiga qöyiladigan malaka talablarini tasdiqlaydi;
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş işlarini takomillaştirişga doir maqsad va vazifalarni belgilaydi;
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişga doir malaka talablari, öquv reja va dasturlarini tasdiqlaydi;
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişni takomillaştiriş mexanizmi va usullarini, ta’lim mazmuni va sifatiga qöyiladigan talablarni, qayta tayyorlaş va malaka oşiriş tizimini takomillaştiriş jarayoni samaradorligini aniqlaydigan dinamik körsatkiçlarni hamda tinglovçilarning prognoz kontingentini belgilaydi;
Markazning qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslariga ilmiy salohiyatli, mahoratli, ilmiy maktab yaratgan, darslik va öquv qöllanmalar muallifi bölgan, doimiy ravişda kasbiy mahoratini va malakasini oşirib borayotgan pedagog xodimlarni jalb etadi.
12. Konservatoriya:
pedagoglarning kasbiy bilimi va malakasini oşiriş işlariga ilmiy-metodik jihatdan rahbarlik qiladi;
ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izçilligini hisobga olib, ijodiy tafakkurni rivojlantirişga yönaltirilgan öqitişning interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagoglarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça namunaviy öquv rejasini, dasturini, öquv-metodik va boşqa hujjatlarni işlab çiqadi;
qayta tayyorlaş va malaka oşirişning samarali şakllarini joriy etişning ilmiy-metodik va taşkiliy-metodik asoslarini işlab çiqadi;
ta’limning ilğor şakl va usullari, zamonaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qayta tayyorlaş va malaka oşiriş jarayoniga joriy etiş asosida, pedagog va boşqa mutaxassis xodimlarning kasbiy bilimi, könikmasi va malakalarini oşiriş çoralarini köradi;
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş sohasidagi xorijiy tajribalarni, şuningdek, eng yaxşi ta’lim muassasalarining yutuqlarini ommalaştiriş asosida ilmiy asoslangan innovatsiyalarni joriy etadi;
Markaz bilan birgalikda namunaviy öquv rejasi va dasturlari asosida qayta tayyorlaş va malaka oşirişning barça şakllari böyiça işçi öquv rejasi va dasturlarini, ilğor öqitiş uslublari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yönalişlar böyiça tarqatma materiallar işlab çiqadi;
Markaz tomonidan öquv rejasi va dasturlarining bajarilişini nazorat qiladi;
qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarining amaliy va köçma maşğulotlarining kasbiy yönalişga oid ixtisoslaşgan ta’lim muassasalari bazasida ötkazilişini taşkil etadi;
qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarining öquv jarayoniga oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan professor-öqituvçilarni, şuningdek, şartnoma asosida mamlakatning boşqa oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali pedagog xodimlarini va xorijiy mutaxassislarni keng jalb etişni ta’minlaydi;
ilğor pedagogik texnologiyalarning şakl va usullarini qayta tayyorlaş va malaka oşiriş jarayoniga joriy etişga kömaklaşadi;
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarining işçi öquv rejasi va dasturlarini takomillaştiradi;
tegişli yönalişlar böyiça yetakçi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik örnatib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida onlayn rejimda malaka oşiriş tizimini taşkil etişni ta’minlaydi;
qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarining tegişli öquv-metodik resurslarini işlab çiqadi;
qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kursi maşğulotlarining sifatini doimiy nazorat qiladi;
pedagogika sohasida erişilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini qayta tayyorlaş va malaka oşiriş jarayoniga öz vaqtida joriy etişni ta’minlaydi;
Markaz professor-öqituvçilarining ilmiy izlanişlari uçun zaruriy şart-şaroitlar yaratadi;
qayta tayyorlaş va malaka oşiriş jarayonining zarur darajada taşkil etilişi va ötkazilişi uçun javob beradi;
Markazda taşkil etiladigan konferensiya, forum va ilmiy-amaliy anjumanlarning ötkazilişiga kömaklaşadi;
Markaz faoliyati yuzasidan axborotni har 6 oy yakunlari böyiça Konservatoriya kengaşida muhokama qiladi va Markaz faoliyatini yanada takomillaştirişga oid taklif va tavsiyalarni Vazirlikka taqdim etadi.
13. Markaz:
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari uçun qayta tayyorlaş va malaka oşirişning ilğor şakl va usullarini joriy etadi;
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça ta’lim dasturlarini takomillaştiriş yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda öquv-uslubiy işlarni olib boriş könikmalarini rivojlantiradi;
masofadan öqitiş usullari asosida musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari uçun taşkil etiladigan qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarining tegişli öquv-uslubiy resurslarini işlab çiqadi, kurslardagi öquv maşğulotlarini onlayn va offlayn şakllarida taşkil etişni yanada takomillaştiradi;
tegişli yönalişlar böyiça fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari böyiça qayta tayyorlaş va malaka oşirişni taşkil etadi hamda ular böyiça zamonaviy uslubiy, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratadi;
buyurtmaçi taşkilotlar bilan hamkorlikda musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça ta’lim dasturlarini uzluksiz takomillaştirib boradi;
öquv-tarbiya jarayonining amaliyot bazalari bilan özaro samarali hamkorligini ta’minlaydi, musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş jarayonini köçma maşğulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida taşkil etadi;
innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllaşni, masofadan öqitişni, mustaqil ta’lim olişni kengaytirişni nazarda tutuvçi texnika va texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etadi.
14. Buyurtmaçi:
musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari faoliyatining tizimli tahlilini amalga oşiradi va elektron ma’lumotlar bazasiga kiritib boradi;
malaka oşiriş davriyligiga amal qilgan holda musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini keyingi kalendar yil uçun har yilning 15-noyabriga qadar ularning egallab turgan lavozimiga köra kurslardan ötişi böyiça belgilangan davriylikni inobatga olgan holda malaka oşiriş kurslariga yuboriladigan tinglovçilar kontingentini şakllantiradi va Vazirlikka taqdim etadi;
qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarining öquv rejasi, dasturi, öquv-uslubiy va boşqa hujjatlarini tayyorlaşda, öquv kurslarining davomiyligi, davriyligi hamda taşkil etiş şakllari böyiça Vazirlikka takliflar kiritadi;
mehnat bozori talablaridan kelib çiqqan holda yangi mutaxassislikka talab ortişi munosabati bilan ayrim musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining qayta ixtisoslaşuvi yuzasidan Vazirlikka takliflar kiritadi.
15. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining malakasini oşiriş töğridan töğri (ta’lim dasturlari böyiça öqitiş) va bilvosita (ta’lim dasturlarisiz öqitiş) şakllarda taşkil etiladi.
16. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining malakasini oşirişning quyidagi töğridan töğri malaka oşiriş şakllari qöllaniladi:
Markazda öqitiş;
“ustoz-şogird” usuli böyiça öqitiş;
mustaqil öqib bilim orttiriş;
masofaviy ta’lim;
stajirovka ötaş orqali tajriba orttiriş.
17. Markazda öqitiş yakka tartibdagi topşiriqlar yoki aniq yönaltirilgan dasturlar asosida, ta’limning tegişli turi öquv jarayonining monitoringi natijalarini va xodimlar tayyorlaş sifatini hisobga olib, malaka talablariga, şuningdek, ta’limni boşqariş böyiça Vazirlik talablariga muvofiq işlab çiqilgan fanlar böyiça maqsadli kasbiy ta’lim dasturlarini özlaştirişdir.
Malaka oşiriş böyiça ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasasida öqitiş 2+2 yoki 3+1 sxemalari böyiça (tegişli ravişda 50 yoki 75% — yaşaş joyi böyiça mustaqil ravişda bilim orttiriş, 50 yoki 25% — bevosita ta’lim muassasasida) masofadan malaka oşiriş şaklida taşkil etilişi mumkin. Öqitişning bunday şakllari axborot uzatişning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va pedagoglarning malakasini oşiriş böyiça maxsus virtual kurslar mavjud bölgan taqdirda qöllaniladi.
18. “Ustoz-şogird” usuli böyiça öqitiş — tanlov asosida saralab olingan, mamlakatda (mintaqada), ilmiy va pedagogik jamoatçilik örtasida özining yuqori natijalari, kasbiy faoliyatining yuqori körsatkiçlari, raqobatbardoş xodimlar tayyorlaş böyiça öz maktabi bilan maşhur bölgan yuqori malakali pedagog-ustozlar rahbarligida tegişli ta’lim muassasalarida fanlar böyiça musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining malakasini maqsadli oşiriş hisoblanadi.
19. Mustaqil öqib bilim orttiriş — musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari tomonidan kasb mahoratini oşirişga, kasbiy layoqat va ilmiy dunyoqaraşni kengaytirişga yönaltirilgan bölib, ularning öz lavozimi va mutaxassisligi böyiça yangi bilim, könikma va malakalarni uzluksiz ravişda mustaqil özlaştirişini nazarda tutadi.
Mustaqil ravişda bilim oliş musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari uzluksiz ta’limining (malaka oşirişining) ajralmas tarkibiy qismidir, u axborot texnologiyalarining egallab olinişini rağbatlantiradi. Mustaqil ta’lim belgilangan tartibda, malaka oşirişning tegişli ta’lim dasturlari böyiça amalga oşirilgan bölsa, bilimlarning yakuniy nazorati natijalari asosida pedagog va mutaxassislarga Markaz tomonidan malaka oşirganlik haqida belgilangan namunadagi hujjat (sertifikat) beriladi.
Malaka oşirişning uşbu şakli ta’lim dasturini ta’lim oluvçi tomonidan tuzilgan va Markaz tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi reja asosida mustaqil öqiş vositasida özlaştirişni nazarda tutadi.
Mustaqil öqib bilim orttiriş şaklida malaka oşiriş barqaror yuqori professional reytingga ega bölgan, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan işlaşning amaliy könikmalarini egallagan, özini özi kamol toptiriş jarayoniga tanqidiy va ijodiy yondaşa oladigan tinglovçilar uçun Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tavsiya etiladi.
20. Masofaviy ta’lim — onlayn (videoma’ruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida ötkaziş) va offlayn (masofaviy ta’lim tizimidagi tegişli öquv-metodik resurslarni mustaqil ravişda özlaştiriş) şaklida amalga oşiriladi.
21. Stajirovka ötaş orqali tajriba orttiriş — ta’lim muassasalarida pedagoglarni ta’lim va uni boşqariş sohasidagi fan va texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan taniştirişni, rahbarlik salohiyatini oşirişni nazarda tutadi.
Stajirovka xizmat safariga yuboriş tarzida ham amalga oşiriladi.
Stajirovka tamom bölgandan keyin xodimlarga stajirovka muddati körsatilgan holda ularning stajirovkadan ötganligi töğrisida tajriba orttirilgan muassasa rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma beriladi.
22. Qisqa muddatli kurslar malaka oşiriş ta’lim dasturlari asosida taşkil etilgan innovatsion menejment, pedagogik yoki axborot texnologiyalarini özlaştiriş kurslarida öqiş bölib, musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining malakasini oşirişning töğridan töğri şakllari tarzida amalga oşiriladi. Uşbu kurslar majburiy bölmagan holda pedagog va mutaxassislarning kasbiy ösişiga kömaklaşadi.
Mazkur kurslarning ta’lim dasturlari malaka oşiriş ta’lim dasturlarining muayyan qismini (fan bloklari yoki modullarini) qamrab olgan va Markaz tomonidan uşbu kurslar ötkazilgan bölsa, kurslarni tamomlagandan keyin berilgan sertifikatlarda körsatilgan öqiş soatlari hajmi navbatdagi malaka oşiriş böyiça zarur soatlarning jami hajmiga kiradi (hisobga olinadi).
23. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari malakasini oşirişning bilvosita şakllari quyidagilardan iborat:
oçiq öquv maşğulotlari;
ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlarda, konferensiyalarda hamda mahorat darslarida ma’ruzalar bilan qatnaşiş.
24. Oçiq öquv maşğulotlari — zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, öqitişning interaktiv usullari qöllanilgan holda akademik guruhlarda jadval böyiça ötkaziladigan oldindan e’lon qilingan muammo yoki innovatsiya mavzusi böyiça maşğulotdir.
Oçiq öquv maşğulotlariga tegişli sohadagi tajribali pedagoglar, olimlar va mutaxassislar taklif etiladi.
Uşbu maşğulotlarning sifati Konservatoriya va Markazning qöşma yiğilişida muhokama qilinadi.
25. Ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar, avgust öqişlarida ma’ruzalar bilan qatnaşiş — ta’lim va tarbiyaning dolzarb muammolari, şuningdek, öquv jarayonining yuqori sifatini ta’minlaşga yönaltirilgan pedagogika fani va amaliyoti, musiqa sohasi innovatsiyalari, öqitiş metodologiyasi va texnologiyasining muhim masalalari böyiça ilmiy va ilmiy-metodik ma’ruza (axborot)lar bilan çiqişlar orqali ta’minlanadi.
26. Malaka oşirişning bilvosita şakllari musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini navbatdagi malaka oşiriş kursigaça bölgan davrda öz ustida mustaqil işlaşi natijalarini baholaş va uning kasbiy malaka darajasini aniqlaşga xizmat qiladi, şuningdek, pedagog va mutaxassislarni malaka toifalariga attestatsiyadan ötkaziş jarayonida hisobga olinadi.
27. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining malakasini oşiriş quyidagi turlarda amalga oşiriladi:
asosiy işdan ajralgan holda;
asosiy işdan qisman ajralgan holda (uyğunlaştirilgan uslub);
asosiy işdan ajralmagan holda (masofaviy ta’lim).
28. Asosiy işdan ajralgan holda va asosiy işdan qisman ajralgan holda (uyğunlaştirilgan uslubda) malaka oşiriş Konservatoriya va Markaz bazasida ötkaziladi.
29. Asosiy işdan qisman ajralgan holda (uyğunlaştirilgan uslubda) malaka oşiriş kursi umumiy davomiyligining 50 yoki 25 foizi — Markazda auditoriya maşğulotlariga ajratiladi. Kursning qolgan qismi musiqaga ixtisoslaştirilgan madaniyat va san’at maktablari (maktab-internatlar), örta maxsus va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari, xususan, bolalar musiqa va san’at maktablari hamda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Özbek milliy maqom san’ati markazi”, ansambllar, orkestrlar bazasida yakka tartibdagi topşiriqlarni bajargan holda amaliy maşğulotlar ötkazilişini nazarda tutadi. Amaliy maşğulotlarni asosiy iş joyida ötkazişga yöl qöyiladi. Amaliy maşğulotlar har bir özlaştirilgan moduli böyiça test sinovlari, referat topşiriş, amaliyot böyiça hisobot va şu kabi şakllardagi nazorat turlarini nazarda tutadi.
30. Asosiy işdan ajralmagan holdagi malaka oşiriş turi öqitişning masofaviy ta’lim şaklida amalga oşiriladi.
31. Quyidagilar qayta tayyorlaşning asosiy turlari hisoblanadi:
pedagogik qayta tayyorlaş;
kasbiy qayta tayyorlaş (ixtisoslaşuv).
32. Pedagogik qayta tayyorlaş — oliy ma’lumotli nopedagog mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegişli turi malaka talablari bilan belgilanadigan öquv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritiş uçun zarur va yetarli bölgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlaştiriş maqsadida mutaxassislarni qayta tayyorlaşdir.
33. Kasbiy qayta tayyorlaş (ixtisoslaşuv) — oliy pedagogik ma’lumotli mutaxassislar tomonidan ta’limning tegişli turi malaka talablari bilan belgilanadigan öqitişning talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada öquv fani yoki kurs böyiça kasbiy faoliyatni yuritiş uçun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va könikmalarni özlaştirişni nazarda tutadi.
Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini kasbiy qayta tayyorlaş, öquv rejalariga yangi öquv modullari yoki kurslar joriy etilişi, xodimlarning buyurtmaçilari yoki mehnat bozorining talablari bilan belgilanadigan ayrim xodimlarning qayta ixtisoslaşuvi yoki yangi mutaxassislikka ega bölişi munosabati bilan Markaz taşabbusiga köra şartnoma asosida taşkil etiladi.
34. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş asosiy işdan ajralgan va ajralmagan holda amalga oşiriladi.
35. Ta’lim dasturlarining mazmuni va öqitişning davomiyligi malaka talablarida körsatilgan tartibda belgilanadi. Qayta tayyorlaşdan muvaffaqiyatli ötgan musiqa sohasi pedagog va mutaxassislariga belgilangan namunadagi diplom beriladi.
36. Qayta tayyorlaşga ikkinçi oliy ta’limni oliş sifatida qaralmaydi. Qayta tayyorlaş natijasida beriladigan hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda faoliyat körsatiş yoki muayyan fanlar böyiça öquv maşğulotlari olib boriş huquqini beradi.
37. Markaz qayta tayyorlaş kurslari faoliyatini buyurtmaçilarning buyurtmanomalari, malaka talablari, şuningdek, ta’limni boşqariş böyiça vakolatli davlat organi talablari asosida işlab çiqilgan dasturlar böyiça amalga oşiradi.
38. Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarida öquv maşğulotlarining quyidagi asosiy turlari qöllaniladi: ma’ruza; amaliy va yakka tartibdagi maşğulot; interaktiv seminarlar; trening; köçma maşğulot; tajriba almaşiş; mustaqil öqiş; laboratoriya işi; bitiruv malakaviy işini (kursni tugatiş işini) himoya qiliş.
Ayrim öquv maşğulotlari Konservatoriyaning öquv va moddiy-texnik bazasida taşkil etiladi.
39. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining malakasini oşirişning davomiyligi uni taşkil etiş şakllariga hamda pedagogning kasbiy malaka darajasini va individual kasbiy ehtiyojini hisobga olgan holda buyurtmaçi tomonidan belgilanadigan talablarga boğliq holda aniqlanadi.
Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari 5 yilda kamida bir marta, rahbar xodimlar esa — 3 yilda kamida bir marta malaka oşirişlari şart.
40. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining malakasini oşiriş dasturlarini özlaştiriş muddati öquv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib çiqib belgilanadi va u 4 haftadan (144 soatdan) kam bölmasligi şart (qisqa muddatli malaka oşiriş kurslari bundan mustasno). Malaka oşirişning töğridan töğri şakllari uçun auditoriya maşğulotlarining va mustaqil işlarning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
41. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş dasturlarini özlaştiriş muddati öquv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib çiqib belgilanadi va u 16 haftadan (576 soatdan) kam bölmasligi şart. Auditoriya maşğulotlari va mustaqil işlarning haftalik yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Markazda oliy ma’lumotga ega bölmagan mutaxassislar uçun öqiş muddati 6 oydan (720 soatdan) kam bölmagan maqom san’ati böyiça qayta tayyorlaş kurslari taşkil etilişi mumkin.
42. Auditoriya maşğulotlarining barça turlari 80 daqiqa davom etadi, öquv maşğulotlari oraliğidagi tanaffus kamida 10 daqiqani taşkil etadi.
43. Malaka oşiriş kurslari Vazirlik tomonidan tasdiqlangan buyurtmanoma asosida hamda buyurtmaçilar bilan tuzilgan şartnomalar asosida Markazda taşkil etiladi.
44. Markazga taqdim etiladigan buyurtmanomada xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, qaçon va qaysi ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom böyiça mutaxassisligi, pedagogik staji, iş joyi, lavozimi, oxirgi marta malaka oşirgan vaqti va sertifikat raqami, malaka oşiriş yönalişi va malaka oşirişga keladigan vaqti (oyi) körsatiladi.
45. Malaka oşiriş kurslaridan ötiş jadvali har yili 15-dekabrga qadar Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi hamda buyurtmaçilarga yetkaziladi.
46. Buyurtmaçilar malaka oşiriş kurslaridan ötiş jadvaliga asosan tegişli musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining Markazga öz vaqtida öqişga yetib borişlarini ta’minlaydilar.
47. Joriy yilda buyurtmaga kiritilmagan musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari Markaz bilan tuzilgan şartnoma asosida malaka oşiriş kurslaridan ötişlari mumkin.
48. Şartnoma asosidagi musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş kurslari buyurtmaçi talabi va mehnat bozorining ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda Markazda taşkil etiladi.
Markaz buyurtmaçi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni örganib çiqib, qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş uçun Vazirlikka buyurtmanoma bilan murojaat qiladi.
49. Şartnoma asosida qayta tayyorlaş kurslarini taşkil etiş uçun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
qayta tayyorlaş kurslarida öqişi rejalaştirilayotgan tinglovçilar (familiyasi, ismi va otasining ismi, qaçon va qaysi ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom böyiça mutaxassisligi, pedagogik staji) haqida ma’lumot;
qayta tayyorlaş kurslarini ötkaziş jadvali;
qayta tayyorlaş kurslari uçun uslubiy ta’minotning (öquv-mavzu rejasi, dasturlar, majmualar) mavjudligi haqida ma’lumot;
qayta tayyorlaş kurslarini ötkaziş uçun yetarli bölgan ilmiy-pedagogik salohiyatning (ma’ruzaçi va amaliy darslarni olib boruvçi professor-öqituvçilarning familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, asosiy iş joyi) mavjudligi haqida ma’lumot;
qayta tayyorlaş kurslarini ötkaziş uçun zarur bölgan moddiy-texnik bazaning (auditoriya fondi, kompyuter xonalari, fan xonalari, kutubxona va h.k.) mavjudligi haqida ma’lumot.
50. Markazda qayta tayyorlaş kurslari buyurtmaçi tomonidan taklif etiladigan yönalişlardan kelib çiqqan holda taşkil etiladi.
51. Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslariga tinglovçilarni qabul qiliş Markaz direktori buyruği bilan rasmiylaştiriladi.
Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslariga tinglovçilarni qabul qiliş töğrisidagi buyruq kurslar boşlanişi sanasidan boşlab 3 kun mobaynida rasmiylaştiriladi.
52. Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari boşlangandan keyin 3 kun mobaynida maşğulotlarga kelmagan tinglovçilar, kelmaslikning sabablaridan qat’i nazar, kurslarga qöyilmaydi.
53. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari malaka oşiriş kurslariga uzrli sabablarga köra öz vaqtida kelmagan bölsa, ularga öqişning tegişli yönalişi böyiça navbatdagi malaka oşiriş kurslarida öqişga ruxsat beriladi.
54. Markaz qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslariga tinglovçilarning öz vaqtida kelmaganligi haqida tegişli buyurtmaçiga xabar beradi.
55. Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarida öquv jarayoni tegişli yönalişlar böyiça tasdiqlangan namunaviy öquv rejasi va dasturlariga muvofiq işlab çiqilgan işçi öquv rejasi va dasturlari asosida amalga oşiriladi hamda maşğulotlar jadvali böyiça tartibga solinadi.
Namunaviy öquv rejasi va dasturlari fan, texnika, texnologiyalar va işlab çiqarişni rivojlantirişning ustuvor yönalişlari asosida har yili takomillaştiriladi.
56. Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarining öquv jarayoniga jalb etilgan tinglovçilar akademik guruhlarga bölinadi. Bunda, akademik guruhlar kamida 25 kişini taşkil etadi. Akademik guruhlarni şakllantirişda qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kursining yönalişi, öquv rejasi va dasturlari, pedagoglarning bazaviy ma’lumoti va egallab turgan lavozimlari, şuningdek, buyurtmaçining talablari hisobga olinadi.
Malaka oşiriş kurslarida tinglovçilar kontingenti yetarli bölmagan yönalişlarda, istisno tariqasida, Markaz direktori buyruği bilan malaka oşiriş masofaviy ta’lim şaklida amalga oşirilişi mumkin.
57. Tinglovçilarning özlaştirişini baholaş tizimi Vazirlik tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oşiriladi.
58. Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarida maşğulotlar ötkaziş uçun Konservatoriyaning yetakçi pedagog xodimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va taşkilotlarining yetakçi mutaxassislari, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiliş böyiça ilmiy kengaş a’zolari, şuningdek, xorijiy mutaxassislar jalb etiladilar.
Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarini ötkaziş uçun jalb etiladigan professor-öqituvçilar mehnatiga haq tölaş qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
59. Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarini taşkil qiliş, ularni talab darajasida ötkaziş, ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlaş hamda tinglovçilarning yaşaşi uçun şaroit yaratiş (Markazda tinglovçilar turar joyi mavjud bölsa) Markaz direktori zimmasiga yuklanadi.
60. Malaka oşirişning masofaviy şakli (keyingi örinlarda masofaviy ta’lim şakli deb ataladi) Vazirlik bilan kelişgan holda, tegişli öquv rejasi va öquv dasturlari asosida, maxsus virtual kurslar faoliyat körsatadigan, axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida axborotlarni uzatiş va qabul qiliş uçun zarur baza bilan jihozlangan hamda tegişli moddiy-texnik, öquv-metodik bazaga va xodimlar salohiyatiga ega bölgan Markaz tomonidan taşkil etiladi.
61. Masofaviy ta’lim şaklidagi malaka oşiriş kursining davomiyligi Markazda öqişning tegişli kursi akademik soatlarida belgilanadi, bunda kalendar muddatlar akademik muddatlardan ortiq bölişi mumkin.
62. Masofaviy ta’lim şakli böyiça kurslarga yuqori malakali, şuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zarur darajada qöllaş könikmalariga ega bölgan pedagoglar qabul qilinadi.
63. Masofaviy ta’lim şakli böyiça öqitiş jarayonida tinglovçilar faoliyati, ta’lim jarayonini muvofiqlaştiriş va yönaltiriş, Konservatoriya professor-öqituvçilari tarkibidan Konservatoriya rektori bilan kelişilgan holda, Markaz direktorining buyruği bilan biriktiriladigan tyutor (pedagog öqituvçi-konsultant) tomonidan amalga oşiriladi.
Tinglovçilar bilan doimiy aloqa boğlaş, tinglovçilarga zarur metodik yordam beriş, yakka tartibdagi maşğulotni bajariş yuzasidan nazoratni amalga oşiriş va tinglovçilar bilimlarini baholaş tyutorning vazifalariga kiradi. Tyutor yakka tartibdagi topşiriqning tinglovçi tomonidan bajarilişi xolisona baholanişi uçun javob beradi.
Tyutor bilan aloqa elektron poçta, telefon va boşqa elektron aloqa vositalari yordamida amalga oşiriladi. Şuningdek, tyutor bilan aloqa kontakt-sessiyalar (bevosita yuzma-yuz muloqot) tarzida (kursning öquv rejasida belgilangan muddatlarda) ham amalga oşirilişi mumkin.
64. Buyurtmanomaga kiritilgan malaka oşiriş kurslari tinglovçilari uçun öqişning barça davrida ularning asosiy iş joyi böyiça egallagan lavozimi va örtaça iş haqi saqlanadi, ularning öquv yuklamasi esa boşqa xodimlar örtasida taqsimlanadi.
Bunda, malaka oşiriş kurslariga yuborilgan musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari malaka oşiriş davrida ötolmay qolgan yakka tartibda ötiladigan dars maşğulotlarini ular kursni özlaştirib qaytganlaridan söng intensiv (jadallaştirilgan) tarzda ötkazib beradilar.
Işdan ajralgan holda Markazga malaka oşirişga boşqa hududlardan yuborilgan tinglovçilar uçun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda öqişga boriş va undan qaytiş böyiça bir martalik yöl haqi xarajatlari ularni yuborgan tomon hisobidan qoplanadi.
65. Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarining tinglovçilari Markazdagi öquv auditoriyalari, repititoriylari, axborot-resurs markazlari, soğlomlaştiriş va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalaridan bepul foydalaniş huquqiga ega.
66. Tinglovçi quyidagi holatlarda tinglovçilar safidan çetlaştirilişi mumkin:
öz xohişiga binoan;
öquv intizomini va Markazning içki tartib-qoidalarini buzganligi uçun;
öquv maşğulotlarini uzrli sabablarsiz 18 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
ta’lim dasturlarini özlaştirmaganligi uçun;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli;
vafot etganligi sababli.
67. Tinglovçi malaka oşiriş kursidan çetlatilganda, unga Markaz tomonidan sabablari körsatilgan holda ma’lumotnoma beriladi, şuningdek, bu haqda uni malaka oşirişga yuborgan buyurtmaçiga xabar beriladi.
Malaka oşiriş kursidan çetlatilgan yoki yakuniy nazoratdan öta olmagan buyurtma asosida kelgan tinglovçi, keyingi öquv yili uçun buyurtmaçi tomonidan unga iş haqi saqlanmagan holda, ta’til berilişi asosida buyurtmanomaga kiritiladi.
68. Qayta tayyorlaş kursi ta’lim dasturlarini özlaştiriş yuzasidan yakuniy nazoratdan qoniqarsiz baho olgan tinglovçilarga kamida 1 oydan söng yakuniy kursni tugatiş işini qayta yakuniy nazoratdan ötkaziş (qayta himoya qiliş) imkoniyati beriladi.
69. Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari tinglovçilari öqişni tugatgandan keyin, yakuniy attestatsiya komissiyalari tomonidan ötkaziladigan bitiruv malakaviy (kursni tugatiş) işini (keyingi örinlarda bitiruv malakaviy işi deb ataladi) himoya qilişdan ötişlari kerak.
Yakuniy attestatsiya komissiyalari Markaz direktorining buyruği asosida Konservatoriya rektori bilan kelişilgan holda taşkil etiladi.
70. Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari tinglovçilariga yakuniy test sinovlari ijobiy natijalari asosida bitiruv malakaviy işini himoya qilişiga ruxsat beriladi.
71. Qayta tayyorlaş va malaka oşiriş böyiça ta’lim dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovçilarga tegişli ravişda davlat namunasidagi quyidagi hujjatlar beriladi:
malaka oşiriş haqida davlat namunasidagi sertifikat — kamida 4 hafta (144 soat) hajmidagi ta’lim dasturlarini ötagan tinglovçilar uçun;
qayta tayyorlaş haqida davlat namunasidagi diplom — kamida 16 hafta (576 soat) hajmidagi ta’lim dasturlarini ötagan tinglovçilar uçun.
Yakuniy nazorat natijasida öqitiş dasturini özlaştiriş yuzasidan qoniqarsiz baho olgan tinglovçilarga öquv kursini tamomlaganlik töğrisidagi ma’lumotnoma beriladi.
Qayta tayyorlaş haqida davlat namunasidagi diplom va malaka oşiriş haqida davlat namunasidagi sertifikat belgilangan tartibda rasmiylaştiriladi.
72. Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining malaka toifalarini olişi (özgartirişi) va egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini attestatsiyadan ötkazişda ular qayta tayyorlaş yoki malaka oşiriş kurslaridan ötganligi töğrisida hujjat (diplom, sertifikat)ning mavjudligi talab etiladi.
73. Şartnoma asosida qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslari uçun xarajatlar smetasi Markaz tomonidan tuziladi va belgilangan tartibda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Xarajatlar smetasida kursning öquv rejasi va dasturida nazarda tutilgan barça dars maşğulotlari uçun tölanadigan soatbay haq, Markazning moddiy-texnik ta’minoti, kursni taşkil etiş va ötkazişga jalb etilgan (rahbar, pedagog va texnik) xodimlarga tölanadigan iş haqi, ularni rağbatlantiriş, şuningdek, tölanadigan soliqlar uçun mablağlar nazarda tutiladi.
Şartnoma asosida taşkil etiladigan kurslarda öqiş uçun tinglovçi tomonidan tölanadigan mablağ mazkur kurslarni ötkaziş uçun sarflanadigan xarajatlar hajmidan kelib çiqqan holda (xarajatlar smetasidagi jami xarajatlarni tinglovçilar soniga böliş orqali) hisoblab çiqiladi.
Qayta tayyorlaş kurslarida öqiş uçun Markaz bilan buyurtmaçi örtasida belgilangan tartibda tölov kontrakti (şartnoma) rasmiylaştiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
74. Uşbu Nizom talablarining buzilişida aybdor bölgan şaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.