ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
Bolalar musiqa va san’at maktablari töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça 2016 — 2020-yillarga möljallangan Davlat dasturi töğrisida” 2015-yil 20-noyabrdagi PQ-2435-son qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Bolalar musiqa va san’at maktablari töğrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ikki oy muddatda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelişgan holda:

bolalar musiqa va san’at maktablarini musiqa asboblari, maxsus mebellar, asbob-uskunalar va boşqa anjomlar bilan jihozlaş normativlari;

musiqa va san’at yönalişlarida ta’lim berişning ilğor xorijiy tajribasini hisobga olgan holda takomillaştirilgan öquv rejasi tasdiqlanişini ta’minlasin.

3. Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi uç oy muddatda bolalar musiqa va san’at maktablarining namunaviy ustavini işlab çiqsin va tasdiqlasin.

4. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevraldagi 59-son qarori (Özbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Maktabdan taşqari muassasa töğrisidagi nizomning 2-bandi ikkinçi xatboşisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Bolalar musiqa va san’at maktablari hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatining xususiyatlari Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida belgilanadi”.

5. Vazirliklar va idoralar özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda uşbu qarorga muvofiqlaştirsinlar.

6. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasining Boş vaziri Ş. MIRZIYOYEV

Toşkent ş.,
2016-yil 5-may,
144-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 144-son qaroriga
ILOVA

Bolalar musiqa va san’at maktablari töğrisida
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom uzluksiz ta’lim tizimining majburiy bölmagan turi hisoblangan, maktabdan taşqari ta’lim berişga möljallangan davlat bolalar musiqa va san’at maktabining (keyingi örinlarda — bolalar musiqa va san’at maktabi) faoliyat körsatiş tartibini belgilaydi.

2. Bolalar musiqa va san’at maktabi öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, uşbu Nizomga, boşqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda öz ustaviga amal qiladi.

3. Bolalar musiqa va san’at maktabi davlat muassasasi şaklidagi yuridik şaxs hisoblanadi va öz ustaviga, mustaqil balansiga, şaxsiy ğazna hisobvaraqlariga, Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tuşirilgan va öz nomi yozilgan muhrga, ştampga va blankalarga ega böladi.

4. Bolalar musiqa va san’at maktabi belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat röyxatidan ötkaziladi.

Bolalar musiqa va san’at maktabining namunaviy ustavi Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

5. Bolalar musiqa va san’at maktabida ta’lim oliş tölov asosida amalga oşiriladi. Tölovni tölaş va undan ozod etiş masalalari qonunçilikda belgilanadi.

II. Bolalar musiqa va san’at maktabining maqsadi va vazifalari

6. Bolalar musiqa va san’at maktabining asosiy maqsadi yoş avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqişi va qobiliyatini rivojlantiriş, ijtimoiy faolligini oşiriş, ularni xalqimiz an’analariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalaş, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini har tomonlama oşirişdan iborat.

7. Quyidagilar bolalar musiqa va san’at maktabining asosiy vazifalari hisoblanadi:

öquvçilarning ma’naviy va estetik rivojlanişi uçun keng imkoniyatlar yaratiş;

öquvçilarning iste’dodini har tomonlama kamol toptiriş, madaniy saviyasini yuksaltiriş;

öquvçilarni milliy va jahon musiqasi, tasviriy san’atning yuksak namunalaridan va özbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalaridan bahramand bölişi uçun zarur şaroitlar yaratiş;

milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni uzviy birlaştiriş asosida öquvçilarda yuksak axloqiy fazilatlarni şakllantiriş;

öquvçilarga umumiy musiqa, xoreografiya, teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at yönalişlari böyiça bilimlarning boşlanğiç asoslarini örgatiş orqali ularni musiqa va san’at olamiga jalb etiş;

iqtidorli öquvçilarni musiqa va san’at yönalişlari böyiça örta maxsus, professional ta’lim muassasalarida öqişini davom ettiriş uçun tayyorlaş.

III. Bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyatini taşkil etiş

8. Bolalar musiqa va san’at maktabi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklarining qarori bilan taşkil etiladi.

9. Bolalar musiqa va san’at maktabi öquvçilarning qiziqişlari va ehtiyojlariga köra, ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirişga yönaltirilgan musiqa (fortepiano, torli çolğular, estrada çolğu ijroçiligi, xalq çolğulari, damli va zarbli çolğular, an’anaviy çolğu ijroçiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) va san’at (xoreografiya, teatr san’ati, tasviriy va amaliy san’at) yönalişlarida (keyingi örinlarda ta’lim yönalişlari deb ataladi) faoliyatini amalga oşiradi.

10. Bolalar musiqa va san’at maktabida öquvçilarga ta’lim beriş yakka tartibda yoki bir xil yoşdagi va turli yoşdagi bolalar guruhlarida ularning qiziqişlariga köra bir yoxud bir neça ta’lim yönalişlari böyiça amalga oşiriladi.

11. Bolalar musiqa va san’at maktabida öquv-tarbiyaviy işlar Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan öquv rejalari va öquv dasturlari asosida amalga oşiriladi.

12. Bolalar musiqa va san’at maktabida öquv-tarbiya jarayonini taşkil qiliş uçun muassasa direktorining buyruği asosida ta’lim yönalişlari böyiça bölinmalar taşkil etilişi mumkin.

IV. Bolalar musiqa va san’at maktabiga öqişga qabul qiliş, öqişni köçiriş

13. Bolalar musiqa va san’at maktabi rahbariyati har yili iyun — avgust oylarida öqişga qabul qiliş işlarini taşkil etadi.

Öquvçilar bolalar musiqa va san’at maktabiga Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilanadigan qabul kvotalari doirasida öqişga qabul qilinadi.

Qabul kvotalari bolalar musiqa va san’at maktabining quvvati, moddiy-texnika bazasi, kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ta’lim yönalişlari böyiça talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda şakllantiriladi.

14. Bolalar musiqa va san’at maktabida qabul sinovlari ötkaziş uçun muassasa direktorining buyruği bilan 5 kişidan iborat tarkibda qabul komissiyasi tuziladi.

15. Qabul komissiyasi tarkibiga muassasa direktori, direktorning öquv-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari va pedagog xodimlar kiritiladi. Muassasa direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi.

16. Bolalar musiqa va san’at maktabiga öqişga kiriş uçun öquvçining ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar (keyingi örinlarda ota-onalar deb ataladi) har yili 1-avgust — 25-avgust mobaynida qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) ta’lim yönalişi (yönalişlari) körsatilgan ariza;

b) öquvçining tuğilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

v) öquvçiga belgilangan şaklda berilgan tibbiy ma’lumotnoma;

g) 3 x 4 ölçamli 2 ta fotosurat.

17. Qabul sinovlari har yili 31-avgustgaça öquvçining ijodiy qobiliyatini aniqlaş maqsadida ötkaziladi.

Qabul sinovlari qabul komissiyasi huzurida ötkaziladi. Qabul sinovlari bir marta topşiriladi, qayta topşirişga yöl qöyilmaydi.

18. Qabul komissiyasi ota-onaning arizasida körsatilgan ta’lim yönalişi böyiça öquvçining quyidagi ijodiy qobiliyatini qabul sinovlarida aniqlaydi:

musiqa (fortepiano, torli çolğular, estrada çolğu ijroçiligi, xalq çolğulari, damli va zarbli çolğular, an’anaviy çolğu ijroçiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) yönalişi böyiça musiqa ritmiga moslaşişi, qöşiq aytişi, musiqani eşitişi va eslab qolişi;

san’at yönalişlari:

xoreografiya böyiça jismonan ma’qulligi (tana va oyoqlarning egiluvçanligi), ritmga moslaşişi, musiqani eşitişi;

tasviriy va amaliy san’at mutaxassisliklari böyiça tasavvuridagi narsa-buyum yoki manzarani çiza olişi;

teatr san’ati mutaxassisliklari böyiça şe’r yoki monologni yoddan ifodali öqişi va ovoz yoki harakatga nisbatan taqlid qila olişi.

19. Bolalar musiqa va san’at maktabining ikkinçi va undan yuqori sinflariga qabul qiliş uçun öquvçilar mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan qabul sinovlaridan taşqari Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan öquv dasturlari böyiça tegişli sinfdagi bilim darajasiga qöyiladigan talablar asosida quyidagi maxsus fanlar böyiça ham qabul sinovlarini topşiradilar:

a) musiqa (fortepiano, torli çolğular, estrada çolğu ijroçiligi, xalq çolğulari, damli va zarbli çolğular, an’anaviy çolğu ijroçiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) yönalişi böyiça — mutaxassislik va solfedjio fani;

b) san’at yönalişlari böyiça:

xoreografiya — mumtoz raqs, parter fani;

tasviriy va amaliy san’at — çizma tasvir, rang tasvir, kompozitsiya fani;

teatr san’ati — aktyorlik mahorati, sahna nutqi, sahna harakati fani.

20. Öquvçining sinovdan ötgan yoki ötmaganligi qabul komissiyasi a’zolarining oçiq ovoz berişi yöli bilan aniqlanadi. Qabul komissiyasi a’zolarining köpçiligi ijobiy ovoz bergan taqdirda öquvçi qabul sinovidan ötgan hisoblanadi.

Qabul komissiyasining raisi barça a’zolardan söng ovoz beradi. Ovozlar soni teng bölib qolganda qabul komissiyasi raisining ovozi hal qiluvçi hisoblanadi.

21. Qabul komissiyasi öquvçini öqişga qabul qiliş yoki qabul qilmaslik töğrisida qaror qabul qiladi. Qabul komissiyasining ijobiy qaroriga asosan muassasa direktori öquvçini öqişga qabul qiliş töğrisida buyruq çiqaradi.

Öquvçilarni öquv yili davomida öqişga qabul qilişga yöl qöyilmaydi, boşqa bolalar musiqa va san’at maktabidan öqişi köçirilgan öquvçilar bundan mustasno.

22. Öquvçining ota-onasi öz xohişiga köra öquv yili davomida yoki u tugagandan söng farzandini öqiyotgan bolalar musiqa va san’at maktabidan boşqasiga ötkaziş huquqiga ega.

Öquvçilar ota-onalarining arizasi asosida öqiyotgan bolalar musiqa va san’at maktabidan boşqasiga ta’lim olayotgan ta’lim yönalişi böyiça ötkaziladi.

23. Öqiyotgan bolalar musiqa va san’at maktabidan boşqasiga ötkazilgan öquvçilar tomonidan öqişni davom ettiriş uçun tanlangan maktabga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

öqigan joyidan ma’lumotnoma;

öquvçining baholar (özlaştiriş) tabeli;

yakka tartibdagi iş rejasi (musiqa yönalişlari uçun).

24. Öquvçini bir ta’lim yönalişidan boşqa ta’lim yönalişiga ötkaziş bolalar musiqa va san’at maktabidagi ta’limning birinçi va ikkinçi yilida amalga oşiriladi.

Yuqori sinflarda bir ta’lim yönalişidan boşqa ta’lim yönalişiga ötkazişga yöl qöyilmaydi.

25. Bir ta’lim yönalişidan boşqasiga ötkaziş muassasa direktorining buyruğiga asosan 5 kişidan iborat tarkibda tuziladigan öquvçilarning öqişini bir ta’lim yönalişidan boşqasiga köçiriş komissiyasining (keyingi örinlarda köçiriş komissiyasi deb ataladi) qaroriga asosan amalga oşiriladi.

Köçiriş komissiyasi tarkibiga muassasa direktori, direktorning öquv-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari va pedagog xodimlar kiritiladi. Muassasa direktori köçiriş komissiyasi raisi hisoblanadi.

Köçiriş komissiyasi öquv yili davomida faoliyat yuritadi.

26. Köçiriş komissiyasi tomonidan bir ta’lim yönalişidan boşqasiga ötkazişda öquvçining maktabdan taşqari ta’limga qöyiladigan mazkur yönaliş böyiça davlat ta’lim talablarining minimal darajasini bilişi hisobga olinadi.

27. Köçiriş komissiyasining qarori öquvçiga darhol e’lon qilinadi. Köçiriş komissiyasining qarori ijobiy bölgan taqdirda, unga asosan muassasa direktori öquvçini tanlagan ta’lim yönalişiga ötkaziş töğrisida buyruq çiqaradi.

28. Bolalar musiqa va san’at maktabida öquvçilar kontingenti bir yilda bir marta — sentyabr oyida tasdiqlanadi.

29. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori bilan öqişga qabul qilingan öquvçilarning ota-onalari örtasida öqiş muddatiga şartnoma tuziladi.

V. Bolalar musiqa va san’at maktabida öquv-tarbiya jarayonini taşkil etiş

30. Bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa (fortepiano, torli çolğular, estrada çolğu ijroçiligi, xalq çolğulari, damli va zarbli çolğular, an’anaviy çolğu ijroçiligi, an’anaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) va san’at (xoreografiya, tasviriy san’at, amaliy san’at, teatr san’ati) ta’lim yönalişlari mavjud bölib, bolalarni 1-sinfga qabul qiliş yoşi va öqiş muddatlari quyidagiça belgilanadi:

NN Ta’lim yönalişi Qabul yoşi Öqiş muddati
Musiqa yönalişi
1 Fortepiano6-97 yil
2Torli çolğular6-97 yil
3Estrada çolğu ijroçiligi:fortepino, torli çolğular
damli va zarbli çolğular
6-9
6-11
7 yil
5 yil
4Damli va zarbli çolğular6-115 yil
5Xalq çolğulari 6-115 yil
6An’anaviy çolğu ijroçiligi 6-115 yil
7Akademik xonandalik 6-115 yil
8An’anaviy xonandalik6-115 yil
9Estrada xonandaligi6-115 yil
San’at yönalişi
10Xoreografiya6-115 yil
11Tasviriy san’at6-115 yil
12Amaliy san’at6-115 yil
13Teatr san’ati6-115 yil

31. Öquv yili bolalar musiqa va san’at maktabida 2-sentabrdan kelgusi yilning 31-mayiga qadar davom etadi va törtta çorakka bölinadi.

32. Öquv-tarbiya jarayonini taşkil etişda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

öquv yilining davomiyligi — 34 hafta;

öquv haftasining davomiyligi — 6 kun;

dars maşğulotining davomiyligi — 45 daqiqa;

dars maşğulotlari oraliğidagi tanaffusning davomiyligi — 5 daqiqa.

Mehnat töğrisidagi qonunçilikda bayram (işlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars maşğulotlari ötkazilmaydi.

Bayram (işlanmaydigan) kunlariga töğri kelib qolgan dars maşğulotlarining mavzulari öquv dasturlarini ixçamlaştirgan holda keyingi dars maşğulotlarida ötkaziladi.

33. Öquv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagiça belgilanadi:

kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boşlab 6 kalendar kun;

qişki ta’til — 28-dekabrdan boşlab 14 kalendar kun;

bahorgi ta’til — 21-martdan boşlab 7 kalendar kun;

yozgi ta’til — 1-iyundan (san’at yönalişlari öquvçilari uçun 16-iyundan) boşlab 2-sentabrgaça.

Ta’tilning oxirgi kuni bayram (işlanmaydigan) kunga töğri kelib qolgan taqdirda dars maşğulotlari keyingi iş kunidan boşlab davom ettiriladi.

Çoraklar oraliğidagi ta’tillar davrida bolalar musiqa va san’at maktabining pedagog xodimlari tomonidan maşğulotlarning öziga xos ijodiy dasturlarini işlab çiqiş, özlaştirişi past bölgan öquvçilarning bilim saviyasini tahlil qiliş va ular bilan qöşimça işlaş, ularga maslahatlar beriş, ota-onalar va öquvçilar örtasida musiqa va san’atning inson ma’naviy va madaniy saviyasini oşirişdagi örnini tarğib-taşviq qiliş maqsadida tadbirlar taşkil etiş, öquvçilar uçun şaxsiy va taqvimiy iş rejalari tuziş kabi işlar amalga oşiriladi.

34. Bolalar musiqa va san’at maktabida öquv-tarbiya jarayonini taşkil etiş quyidagi şakllarda amalga oşiriladi:

Öquvçilar bilan guruh böyiça va yakka tartibda maşğulotlar olib boriş;

öquvçilarning mustaqil işi;

nazorat darslari;

akademik konsertlar, texnik sinovlar;

mustaqil ravişda işlangan ijodiy mahsulotlar körgazmasi;

körik-tanlov, festival, ustoz saboqlari;

sinfdan sinfga ötkaziş va bitiruv imtihonlari.

35. Öquvçilarning bilimi va ijodiy mahorati quyidagi tartibda baholanadi: 5 (a’lo), 4 (yaxşi), 3 (qoniqarli), 2 (qoniqarsiz).

36. Yakka tartibda öquv maşğulotlarini olib boradigan öqituvçilar har bir öquvçiga öquv yili uçun şaxsiy iş rejasi, guruhli tartibda öquv maşğulotlarini olib boradigan öqituvçilar taqvimiy iş rejasi tuzadilar.

37. Bolalar musiqa va san’at maktabida sinfdan sinfga ötkaziş va bitiruv imtihonlari har yili 10-may — 31-may mobaynida ötkaziladi.

38. Bolalar musiqa va san’at maktabi bitiruvçilariga iyun oyida öqişni tugatganligi töğrisida mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq şakldagi guvohnoma beriladi.

39. Bolalar musiqa va san’at maktabini tugatişiga bir yil qolgan öquvçilarga ota-onalari arizasiga va mutaxassislik öqituvçisining tavsiya xatiga asosan pedagogik kengaş qarori bilan iqtidorli bolalarning yoşini, umumiy örta ta’lim maktabida tahsil olayotgan sinfini, öquv rejasining bajarilişini inobatga olgan holda öqiş muddati bir yilga qisqartirilişi mumkin.

40. Öquvçilar bolalar musiqa va san’at maktabidan quyidagi holatlarda çetlaştirilişi mumkin:

öz xohişiga binoan;

öqişning boşqa bolalar musiqa va san’at maktabiga köçirilişi munosabati bilan;

salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

akademik özlaştira olmaganligi (qarzdorligi) uçun;

öquv intizomini va muassasaning içki tartib-qoidalarini buzganligi uçun;

öqiş uçun belgilangan tölovning öz vaqtida amalga oşirilmaganligi sababli (tölovdan ozod etilgan öquvçilar bundan mustasno);

öquvçining sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

vafot etganligi sababli.

Direktorning öquvçini bolalar musiqa va san’at maktabidan çetlaştiriş töğrisidagi buyruğiga quyidagilardan biri asos böladi: ota-onaning arizasi, pedagogik kengaş qarori, öqituvçining bildirişnomasi.

41. Ota-onalarning arizasi asosida öquvçiga bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining buyruğiga muvofiq bir yil muddatga akademik ta’til berilişi mumkin.

42. Bitiruv imtihonlarini topşira olmagan öquvçilarga muassasada öqiganligi töğrisida ma’lumotnoma beriladi.

VI. Bolalar musiqa va san’at maktabining huquq va majburiyatlari

43. Bolalar musiqa va san’at maktabi quyidagi huquqlarga ega:

bolalar musiqa va san’at maktabi xodimlari va öquvçilardan muassasaning ustavi va içki tartib-qoidalariga rioya etilişini talab qiliş;

öquv jarayonini takomillaştiriş va ta’lim jarayonini metodik ta’minlaş böyiça takliflar kiritiş;

moliyalaştirişning qonunçilikda taqiqlanmagan turli manbalari hisobiga budjetdan taşqari mablağlarni jalb qiliş.

44. Bolalar musiqa va san’at maktabining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

hududiy xalq ta’limi boşqarmalarining hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, buyruqlari va boşqa me’yoriy hujjatlari ijrosini ta’minlaş, topşiriq va körsatmalarini bajariş;

öz ustavida belgilangan vazifalarni bajariş;

maktabdan taşqari ta’limga qöyilgan davlat ta’lim talablari, belgilangan tartibda tasdiqlangan öquv rejasi va öquv dasturlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini taşkil etiş;

öquvçilarni maktabdan taşqari ta’limga jalb etiş maqsadida tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş;

ta’lim-tarbiya jarayonini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, texnika va yonğin xavfsizligi qoidalariga muvofiq taşkil etiş;

bolalar musiqa va san’at maktabi xodimlarini qayta tayyorlaşni va ularning malakasini oşirişni taşkil etiş;

muassasaning moddiy-texnika ta’minotini va kadrlar salohiyatini rivojlantiriş.

VII. Ta’lim jarayoni iştirokçilarining huquq va majburiyatlari

45. Öquvçilar, ota-onalar va pedagog xodimlar (öqituvçi, konsertmeyster) bolalar musiqa va san’at maktabidagi ta’lim jarayonining iştirokçilari hisoblanadi.

46. Öquvçilar quyidagi huquqlarga ega:

maktabdan taşqari ta’limga qöyilgan davlat ta’lim talablari asosida ixtiyoriy ravişda ta’lim oliş;

qiziqişiga köra ta’lim yönalişini tanlaş;

bir neça ta’lim yönalişi böyiça bilim oliş;

insoniy qadr-qimmatining hurmat qilinişini talab qiliş, vijdon erkinligi, axborot erkinligi, öz qaraşlari va e’tiqodini ifodalaş;

bolalar musiqa va san’at maktabining öquv va iş faoliyatini takomillaştirişga oid takliflar beriş;

qonunçilikda belgilangan boşqa huquqlar.

47. Öquvçilarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

bolalar musiqa va san’at maktabining içki tartib-qoidalariga rioya qiliş;

bolalar musiqa va san’at maktabining moddiy-texnika bazasidan samarali foydalaniş va uni asrab-avaylaş;

jamoatçilik işlarida faol iştirok etiş;

öz ijodiy qobiliyatini rivojlantiriş, bilimlarni mustaqil egallaş könikmasini hosil qiliş va uni amalda qöllaş;

qonunçilikda belgilangan boşqa majburiyatlar.

48. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:

bolalar musiqa va san’at maktabi rahbariyatidan farzandi uçun mazkur maktabning ustaviga muvofiq zarur şart-şaroitlar yaratilişini talab qiliş;

bola şaxsiga hurmat bilan munosabatda bölişni talab qiliş;

jamoatçilik asosida bolalar musiqa va san’at maktabining iş faoliyatida iştirok etiş;

qonunçilikda belgilangan boşqa huquqlar.

49. Ota-onalarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

farzandining jismoniy va ruhiy soğlom bölişi uçun ğamxörlik qiliş;

bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan qaraş, uni mehnatsevarlik, ezgulik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş;

farzandida qonunlarga itoatkorlik, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat tuyğusini tarbiyalaş;

farzandiga öquv maşğulotlarida iştirok etişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş;

farzandining ta’lim olişiga kömaklaşiş va uzrli sabablarsiz öquv maşğulotlariga muntazam qatnaşişini ta’minlaş;

öqiş uçun tölovni öz vaqtida amalga oşiriş;

qonunçilikda belgilangan boşqa majburiyatlar.

50. Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega:

bolalar musiqa va san’at maktab faoliyatining muhim masalalari muhokamasida va qarorlar qabul qilinişida qatnaşiş;

öz kasbiy şa’ni va qadr-qimmatini himoya qiliş;

bolalar musiqa va san’at maktabini boşqarişda iştirok etiş;

muassasa rahbariyatiga öquv jarayonini yaxşilaş böyiça takliflar kiritiş;

maşğulotlarning öziga xos ijodiy dasturlarini işlab çiqiş;

kasb faoliyati uçun şaroitlar bilan ta’minlaniş, malakasini oşiriş, qayta tayyorgarlikdan ötiş;

öquv maşğulotining şakli, uslubi va vositalarini mustaqil tanlaş;

qonunçilikda belgilangan boşqa huquqlar.

51. Pedagog xodimlarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

maktabdan taşqari ta’limga qöyilgan davlat ta’lim talablari hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan öquv rejalari va dasturlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini taşkil etiş;

pedagog axloq-odobiga qat’iy rioya qiliş;

öquv-tarbiyaviy işlarni yuqori saviyada olib boriş, ta’lim mazmunini takomillaştiriş, öqitiş vositalarini yaratişda faol qatnaşiş;

öquvçining qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda böliş, ularda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-şafqat kabi fazilatlarni şakllantiriş, öquvçilarni ona Vatanga sadoqat, davlat tiliga, milliy va umuminsoniy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga, ota-onaga va özidan katta yoşdagilarga hurmat, atrof muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda böliş ruhida tarbiyalaş;

özining nazariy bilim darajasini, pedagogik mahorati va kasb malakasini uzluksiz ravişda oşirib boriş va öz ustida muntazam işlaş;

öquv-tarbiyaviy va uslubiy işlarni takomillaştiriş yuzasidan takliflar işlab çiqiş;

öquvçilarning ota-onalari bilan muntazam hamkorlikni yölga qöyiş;

qonunçilikda belgilangan boşqa majburiyatlar.

VIII. Bolalar musiqa va san’at maktabida pedagogik faoliyat bilan şuğullaniş

52. Tegişli ma’lumotga hamda kasbiy tayyorgarlikka, yuksak fazilatlarga ega şaxslar bolalar musiqa va san’at maktabida pedagogik faoliyat bilan şuğullanişga haqli.

Pedagogik faoliyat bilan şuğullanişi sud hukmiga asosan man etilgan şaxslarning bolalar musiqa va san’at maktabida uşbu faoliyat bilan şuğullanişiga yöl qöyilmaydi.

53. Bolalar musiqa va san’at maktabi pedagog xodimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

milliy va jahon madaniyatining durdona namunalariga tayanib, yoşlarning estetik didini östiriş, ularni yuksak ma’naviy ruhda tarbiyalaş;

pedagogik kengaş, öquv-tarbiya işlariga bağişlangan konferensiyalar, seminarlar, majlislar, şuningdek yönalişlar böyiça uslubiy birlaşmalar hamda muassasa rahbariyatining yiğilişlarida qatnaşiş;

yuqori organlar tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida iş yuritiş, öquvçilar bilan sinfdan taşqari ötkaziladigan maşğulotlar töğrisida muassasa rahbariyatiga hisobot beriş;

öquvçilarning öquv maşğulotlarini qay darajada özlaştirişlarini, bilim saviyasi va tarbiyasini kuzatiş, tahlil qiliş va çoralar köriş;

yakka tartibda öquv maşğulotlari olib boriladigan öquvçilar uçun şaxsiy iş rejasi, öquv yili boşida nazariy fanlar böyiça taqvimiy iş rejasi tuziş.

54. Bolalar musiqa va san’at maktabida pedagog kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, kasb mahoratining yuqori darajada saqlab turilişi Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’minlanadi.

Badiiy ta’lim (tasviriy va amaliy san’at, dizayn, san’atşunoslik hamda muzeyşunoslik) yönalişlarida mutaxassislik fanlari böyiça pedagog va mutaxassis kadrlar — Özbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yönalişlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlaş hamda ularning malakasini oşiriş markazida reja asosida bepul malaka oşiradilar.

55. Pedagog xodimlar faoliyati bolalar musiqa va san’at maktabi rahbariyati tomonidan nazorat qilinadi.

Bolalar musiqa va san’at maktabining rahbariyati pedagog xodimlarning obrö-e’tibori va ijtimoiy maqomini, ularning mas’uliyati va kasb mahoratini oşiriş böyiça aniq yönalişli işlarni amalga oşiradi, ularning tizimli ravişda malaka oşirişi va öz ustida işlaşi, ta’lim jarayoniga ilğor pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, şuningdek yangi öquv dasturlari joriy etilişi uçun şart-şaroitlar yaratadi.

56. Bolalar musiqa va san’at maktabida pedagog xodimlardan taşqari ma’muriy-xöjalik xodimlari faoliyat körsatadi.

Ularning lavozimi böyiça huquq va majburiyatlari, ularni işga qabul qiliş tartibi, ştatdagi tegişli lavozimlarga qöyiladigan talablar, lavozimga tayinlaş va böşatiş tartibi bolalar musiqa va san’at maktabi ustavida belgilanadi.

57. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktoriga, direktorning öquv-ma’rifiy işlar böyiça örinbosariga, pedagog xodimlariga 48 iş kunidan iborat mehnat ta’tili beriladi.

Pedagog xodimlar tomonidan mehnat ta’tilidan söng öquv yili boşlangunga qadar muassasani yangi öquv yiliga tayyorlaş, dars taqsimotini şakllantiriş va iş rejalarini tuziş, qabul sinovlarini ötkazişda qabul komissiyasi faoliyatida iştirok etiş vazifalari amalga oşiriladi.

IX. Bolalar musiqa va san’at maktabini boşqariş

58. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari bolalar musiqa va san’at maktabining muassislari hisoblanadi.

59. Bolalar musiqa va san’at maktabining umumiy faoliyati Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan muvofiqlaştiriladi.

60. Bolalar musiqa va san’at maktabiga bevosita rahbarlikni tegişli ravişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toşkent şahar madaniyat boş boşqarmasi va viloyatlar madaniyat boşqarmalari boşliqlari tomonidan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelişgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor amalga oşiradi.

Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori muassasaning taşkiliy-huquqiy, öquv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va moliyaviy-xöjalik faoliyatining taşkil etilişi uçun bevosita mas’ul hisoblanadi.

Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori lavozimiga qöyiladigan malaka talablari Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

61. Direktorning vazifalari quyidagilardan iborat:

bolalar musiqa va san’at maktabiga umumiy rahbarlikni amalga oşiriş;

kadrlarni tanlaş, joy-joyiga qöyiş va ularning zaxirasini şakllantiriş;

pedagoglar va boşqa xodimlarga öz faoliyatini amalga oşirişi uçun zarur şaroit yaratiş;

öquvçilarning intizomi, bilim saviyasi hamda maktab va sinfdan taşqari olib boriladigan işlarning taşkil etilişi va mazmuni yuzasidan nazoratni amalga oşiriş;

öquvçilarni kasb-hunarga yönaltiriş uçun zarur işlarni taşkil qiliş;

maktabning xarajatlar smetasiga rioya etilişini nazorat qiliş;

mehnat intizomi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, mehnatni muhofaza qiliş, yonğin va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilişini ta’minlaş;

bolalarga yil mobaynida maslahat darslari ötilişini va ularni maktabga kiriş imtihonlariga tayyorlaşni nazorat qiliş;

umumiy örta, maktabdan taşqari ta’lim muassasalari, madaniyat uylari, klublar örtasida özaro aloqalar örnatiş;

ota-onalar va jamoatçilik bilan iş olib borişni taşkil qiliş;

böysunuviga köra yuqori organlarga hisobot beriş;

öz vakolati doirasida mehnat vazifalarini buzgan xodimlarga nisbatan mehnat qonunçiligi doirasida intizomiy jazo çoralari qöllaş;

maktabning pedagog va boşqa xodimlarini rağbatlantiriş va mukofotlaşga taqdim etiş;

pedagog hamda ma’muriy-xöjalik xodimlari bilan mehnat şartnomasini tuziş va bekor qiliş.

62. Direktorning öquv-ma’rifiy işlar böyiça örinbosarining vazifalari quyidagilardan iborat:

öquv-tarbiyaviy işlar va iş hujjatlarining mazmunini nazorat qiliş;

pedagog xodimlarga metodik yordam körsatiş;

öquv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy işlarni taşkil qiliş;

öqitiş uslubini tahlil qiliş maqsadida öquv maşğulotlariga kiriş;

pedagog xodimlarning bolalar musiqa va san’at maktabi içki tartib-qoidalariga rioya etişini nazorat qiliş;

öquv-tarbiyaviy, uslubiy iş rejalari, dars jadvali, oçiq darslar rejasi, sinov imtihonlari, pedagoglar haqida ma’lumotlar, öquv maşğulotlari tarifikatsiyasini tuziş va tasdiqlaş uçun bolalar musiqa va san’at maktabi direktoriga taqdim etiş;

direktor bölmagan vaqtda uning vazifasini bajarib turiş;

pedagog xodimlar tomonidan dars jadvali, öquv-uslubiy, tarbiyaviy hamda sinfdan taşqari işlarning bajarilişini nazorat qiliş.

Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori va uning öquv-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari öz ixtisosliklari böyiça mehnat qonunçiligiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan şuğullanişlari mumkin.

63. Direktorning xöjalik işlari böyiça örinbosarining vazifalari quyidagilardan iborat:

xöjalik faoliyatini boşqariş, bolalar musiqa va san’at maktabining öquv maşğulotlari ötkaziş uçun tayyor holda saqlanişini ta’minlaş;

bolalar musiqa va san’at maktabi mablağlaridan maqsadli foydalaniş tadbirlarini öz vakolati doirasida işlab çiqiş hamda ulardan töğri foydalanilişini ta’minlaş;

moliyaviy faoliyat natijalarini tahlil qiliş, şartnoma majburiyatlarining belgilangan muddatida töliq bajarilişini ta’minlaş, moliyalaştirişning qonunçilikda taqiqlanmagan turli manbalari hisobiga budjetdan taşqari mablağlarni şakllantiriş va ulardan samarali foydalanilişini nazorat qiliş;

tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar tuşumini töliq hisobga oliş;

qöşimça moliyaviy manbalar va moddiy mablağlarni jalb etiş hamda xodimlar va öquvçilar uçun zarur ijtimoiy-maişiy şart-şaroitlarni ta’minlaş çora-tadbirlarini amalga oşiriş;

öquv jihozlari, asbob-uskunalari va boşqa ta’lim vositalarining saqlanişini va ulardan samarali foydalanilişini ta’minlaş;

moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş işlarini taşkillaştiriş, bino va qöşimça obyektlarning texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravişda örganib boriş;

bolalar musiqa va san’at maktabiga yetkazib berilayotgan jihozlarni belgilangan tartibda qabul qiliş, jihozlarning sinf xonalari va boşqa xonalar böyiça töğri taqsimlanişini amalga oşiriş;

kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tegişli ravişda kömir, suyuq yoqilği, tabiiy gaz va elektr energiyasiga bölgan ehtiyojlarni aniqlaş va ma’lumotlarni bolalar musiqa va san’at maktabi direktoriga taqdim etiş hamda qabul qilingan yoqilğilarning sifati va saqlanişini ta’minlaş;

bolalar musiqa va san’at maktabiga biriktirilgan hududlarni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş va tozalaş işlariga rahbarlik qiliş, öziga böysunuvçi tegişli bölinma hamda texnik xizmat körsatuvçi xodimlar işlarini muvofiqlaştiriş;

sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, mehnatni muhofaza qiliş, texnika va yonğin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etiş.

64. Bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati bilan boğliq eng muhim masalalarni muhokama qiliş, muammolarni bartaraf etiş va istiqboldagi rejalarni şakllantiriş maqsadida pedagogik kengaş taşkil qilinadi. Pedagogik kengaş muassasaning yuqori boşqaruv organi hisoblanadi.

Pedagogik kengaş tarkibiga bolalar musiqa va san’at maktabining direktori va pedagog xodimlari kiritiladi.

65. Pedagogik kengaşning yiğilişlari bir öquv yili mobaynida kamida beş marta ötkaziladi. Unga bolalar musiqa va san’at maktabi direktori raislik qiladi. Direktor bölmagan vaqtda raislikni direktorning öquv-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari amalga oşiradi.

66. Pedagogik kengaşning vazifalari bolalar musiqa va san’at maktabining ustavida belgilanadi.

67. Pedagogik kengaşning raisi kengaş qabul qilgan qarorlarning bajarilişini doimiy ravişda nazorat qilib boradi.

X. Bolalar musiqa va san’at maktabini moliyalaştiriş va uning moddiy-texnika ta’minoti

68. Bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyatini moliyalaştiriş belgilangan tartibda tasdiqlangan va röyxatdan ötkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oşiriladi.

Bolalar musiqa va san’at maktabi öziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi böyiça ajratilgan mablağlarni qonunçilikka muvofiq tasarruf etadi.

69. Bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyatini moliyalaştiriş quyidagi manbalar hisobiga amalga oşiriladi:

Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari;

ota-onalar tölovi mablağlari;

öquvçilar va pedagog xodimlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar va buyumlarni sotişdan tuşgan mablağlar;

asosiy maşğulotlardan taşqari paytda böş binolar, inşootlar, asbob-uskunalarni ijaraga berişdan tuşgan mablağlar;

xöjalik faoliyatidan, qonunçilikda taqiqlanmagan şartnoma asosida pulli xizmat körsatişdan olingan daromadlar;

öquvçilar va pedagog xodimlar tomonidan öquv-tarbiya jarayoniga ta’sir etmagan holda badiiy keçalar, konsert va teatr tomoşalari taşkil etişdan olingan mablağlar;

jismoniy va yuridik şaxslarning qonunçilikda taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy va xalqaro taşkilotlarning grantlari;

qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar.

70. Qonunçilikda taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk muassasaning mol-mulki tarkibiga kiritiladi.

71. Bolalar musiqa va san’at maktabining mol-mulki va pul mablağlari sarflanişi uçun bevosita uning direktori javobgar hisoblanadi.

72. Bolalar musiqa va san’at maktabi tomonidan qonunçilikka muvofiq moliyaviy va statistik hisobot yuritiladi.

73. Bolalar musiqa va san’at maktabi xodimlarini moddiy va ma’naviy rağbatlantiriş hamda iş haqiga ustamalar qonunçilikka muvofiq belgilanadi.

74. Bolalar musiqa va san’at maktabi ştatidagi xodimlar soni muassasaning namunaviy ştatlariga muvofiq belgilanadi.

Bolalar musiqa va san’at maktabining namunaviy ştatlari Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

75. Bolalar musiqa va san’at maktabining moddiy-texnika ta’minoti va kadrlar bilan ta’minlanişi belgilangan normativlarga muvofiq ehtiyojlar asosida amalga oşiriladi.

76. Bolalar musiqa va san’at maktabi tegişli mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda özining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş çora-tadbirlarini amalga oşiradi.

XI. Yakunlovçi qoidalar

77. Bolalar musiqa va san’at maktabi qonunçilikda belgilangan tartibda maktabdan taşqari ta’lim böyiça xalqaro hamkorlikni yölga qöyişi mumkin.

Ularning xalqaro hamkorligi şartnomalar asosida xorijiy taşkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almaşiş, pedagog xodimlarning malaka oşirişi hamda stajirovka ötaşi şaklida amalga oşirilişi mumkin.

78. Bolalar musiqa va san’at maktabi öquvçilarning ota-onalari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, boşqa ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat taşkilotlari bilan uzviy aloqada faoliyat körsatadi.

79. Bolalar musiqa va san’at maktabida uning iş faoliyati bilan boğliq bölmagan taşkilotlar, jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlar taşkil etilişiga va faoliyat yuritişiga yöl qöyilmaydi.

80. Bolalar musiqa va san’at maktabini qayta taşkil etiş yoki tugatiş qonunçilikka muvofiq öquv yili yakunida muassis tomonidan amalga oşiriladi.

Tugatilgan bolalar musiqa va san’at maktabining muassisi öquvçilarni ota-onalarning roziligi bilan boşqa bolalar musiqa va san’at maktabiga ötkaziş mas’uliyatini oladi.

81. Bolalar musiqa va san’at maktabi tugatilgan taqdirda uning pul mablağlari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplaş böyiça tölovlar çegirilgan holda, qonunçilikka hamda bolalar musiqa va san’at maktabi ustaviga muvofiq foydalaniladi.