Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
Baxşiçilik san’atini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida

Xalqimizning milliy özligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an’ana va urf-odatlarini özida mujassam etadigan, umumbaşariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan baxşiçilik san’ati atoqli baxşi-şoirlarimiz, folklorşunos olimlarimizning fidoyi mehnati, ijodiy tafakkuri bilan asrlardan asrlarga ötib kelmoqda.

Xalqimizning yuksak badiiy dahosi bilan yaratilgan uşbu noyob san’atni asrab-avaylaş va rivojlantiriş böyiça mamlakatimizda muayyan işlar amalga oşirilmoqda. Bu borada yurtimizda “Alpomiş” dostonining ming yilligi keng nişonlangani, Termiz şahrida bu uluğ badiiy obida şarafiga, Samarqand şahrida atoqli baxşilarimiz xotirasiga bağişlangan yodgorlik majmualari bunyod etilgani, davlatimiz tomonidan “Özbekiston Respublikasi xalq baxşisi” faxriy unvoni ta’sis qilinganini qayd etiş lozim.

Bugungi kunda Termiz şahrida baxşiçilik maktabi, respublikamizdagi bolalar musiqa va san’at maktablarida folklor sinflari faoliyat körsatmoqda. Yurtimizda köp tomlik “Qoraqalpoq folklori” töplamlari çop etildi, 100 tomlik “Özbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasi naşr etilmoqda. Baxşi-şoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib oliş, ularni ilmiy örganiş işlari davom etmoqda.

Yaqinda Termiz şahrida ilk bor ötkazilgan Xalqaro baxşiçilik san’ati festivali xalqaro miqyosdagi yirik madaniy hodisa sifatida keng e’tirof etilgani alohida e’tiborga loyiq.

Ayni vaqtda hozirgi globallaşuv davrida, tijorat vositasiga aylangan “ommaviy madaniyat”, şou-biznesning salbiy ta’siri tobora kuçayib borayotgan bir şaroitda folklor san’atiga e’tibor va qiziqiş susayib borayotgani, köp joylarda unutilib, himoya va muhofazaga muhtoj bölib turgani kuzatilmoqda.

Xalqimiz madaniyatining hayotbaxş sarçaşmasi bölgan baxşiçilik san’atini yanada rivojlantiriş, uning milliy madaniyatimiz va san’atimizdagi örni va ahamiyatini yuksaltiriş, yoş avlodni milliy özlikni anglaş, Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalaş maqsadida:

1. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvçilar uyuşmasi va Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz şahrida davlat muassasasi şaklida Respublika Baxşiçilik san’ati markazini (keyingi örinlarda — Markaz) hamda uning huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölgan Baxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasini (keyingi örinlarda — Jamğarma) taşkil etiş haqidagi takliflari ma’qullansin.

2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

baxşiçilik san’atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini çuqur örganiş va mustahkamlaş;

sohada şakllangan ijodiy maktablarning öziga xos ijro uslublari, “ustoz–şogird” an’analarini qayta tiklaş va rivojlantiriş;

baxşi-şoirlar, folklorşunos olimlar, öqituvçi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş;

madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari va boşqa ta’lim muassasalari qoşida baxşiçilik san’ati tögaraklarini taşkil etiş;

baxşi-şoirlar ijodiga keng yöl oçib beriş, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol iştirokini ta’minlaş;

baxşiçilik san’atining sara namunalarini töplaş va fondini yaratiş, ularning audio va video variantlarini köpaytiriş, bu sohani yurtimizda va dunyoda keng tarğib etiş uçun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalaniş;

baxşiçilik san’ati yönalişida xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş, bu borada özaro tajriba almaşişni yölga qöyiş, jumladan, turli xalqaro anjumanlar va tanlovlar, konsertlar va mahorat darslarini taşkil etiş.

3. Jamğarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

moliyaviy va taşkiliy yönalişlarda kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş asosida baxşiçilik san’atini yanada rivojlantirişga kömaklaşiş;

mamlakatimizda faoliyat körsatayotgan baxşi-şoir, oqin va jirovlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş;

Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni baxşiçilik san’atiga oid zarur adabiyotlar, öquv qöllanmalar va davriy naşrlar bilan ta’minlaş;

madaniyat va san’at muassasalari qoşidagi baxşiçilik tögaraklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ularni zarur çolğular va jihozlar bilan ta’minlaş;

baxşiçilik san’ati bilan boğliq ilmiy-tadqiqotlar, naşr işlari hamda kompleks ilmiy ekspeditsiyalarni moliyalaştiriş;

baxşiçilik san’atiga doir homiylikni rivojlantiriş, sohaga xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etiş;

qonunçilikda belgilangan manbalardan tuşadigan mablağlarni jamğariş, ulardan maqsadli va samarali foydalanişni ta’minlaş.

4. Quyidagilar:

Baxşiçilik san’atini yanada rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga;

Respublika Baxşiçilik san’ati markazining tarkibiy tuzilmasi 2-ilovaga;

Respublika Baxşiçilik san’ati markazi huzuridagi Baxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasi Kengaşining tarkibi 3-ilovaga;

Respublika Baxşiçilik san’ati markazi huzuridagi Baxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasi ijroçi direksiyasi tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarurat bölganda, Markaz va Jamğarma tuzilmalariga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi berilsin.

5. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

ikki oy muddatda Markaz va Jamğarma faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda Jamğarma mablağlarini şakllantiriş manbalari nazarda tutilsin;

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Termiz şahridagi baxşiçilik maktabi negizida baxşiçilik san’atiga ixtisoslaştirilgan Respublika maktab-internatini taşkil etiş yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda baxşiçilik san’ati rivoji uçun zarur bölgan musiqa çolğulari (dömbira, sibizğa, çanqovuz, qöşnay, ğajirnay, bölamon, qöbiz kabilar) işlab çiqaradigan ustalar faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ustaxonalar uçun joy ajratiş, maxsus yoğoç va metall mahsulotlari bilan ta’minlaş çoralarini belgilasin;

Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi bilan birgalikda baxşi-şoir, jirov va oqinlar tomonidan ijro etiladigan asarlar kuylarini notalaştiriş işlarini bosqiçma-bosqiç amalga oşirsin;

YUNESKO işlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan birgalikda özbek xalqining köhna va betakror san’ati namunasi bölgan baxşiçilik san’atini YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ röyxatiga kiritiş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirsin;

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Xorazm viloyatlarida baxşiçilik san’ati davlat ansambllarini, uşbu san’at turi rivojlangan boşqa hududlarda esa viloyat ansambllarini taşkil etsin;

tegişli hududlarda bolalar musiqa va san’at maktablari qoşida baxşiçilik san’ati sinflarini taşkil etsin;

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

6. Surxondaryo viloyati hokimligi Markaz va Jamğarma uçun bino ajratiş, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş hamda avtotransport vositasi bilan ta’minlaş çoralarini körsin.

7. Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boşqa ommaviy axborot vositalariga ustoz baxşilar va dostonçilar, yoş ijroçilar, baxşiçilik san’ati durdonasi hisoblangan maşhur dostonlar haqida körsatuv va eşittirişlar, maqolalar tayyorlaş va e’lon qilib boriş hamda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni keng yoritiş tavsiya etilsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N. Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisining örinbosari F.Ş. Mahmudov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasining Prezidenti Ş. MIRZIYOYEV

Toşkent ş.,
2019-yil 14-may,
PQ-4320-son

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qaroriga
1-ILOVA

Baxşiçilik san’atini yanada rivojlantiriş böyiça
ÇORA-TADBIRLAR REJASI

T/rÇora-tadbir nomi Ijro muddatiMoliyalaştiriş manbalari Mas’ul ijroçilar
1Respublika Baxşiçilik san’ati markazi, Baxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasining ustavini işlab çiqiş va örnatilgan tartibda davlat röyxatidan ötkaziş. 2019-yil 1-iyul -Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), tegişli vazirliklar va idoralar
2 Respublika Baxşiçilik san’ati markazi, Baxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasi ijroçi direksiyasining ştatlarini va muassasalar xodimlari mehnatiga haq tölaş tartibini işlab çiqiş va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiş. 2019-yil 1-iyul -Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Moliya vazirligi (B. Aşrafxonov), tegişli vazirliklar va idoralar
3 Respublika Baxşiçilik san’ati markazi, Baxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasi faoliyat yönalişlari va funksiyalarini inobatga olib, xodimlarning lavozim yöriqnomasini işlab çiqiş. 2019-yil 1-iyul -Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Moliya vazirligi (B. Aşrafxonov), tegişli vazirliklar va idoralar
4Madaniyat va san’atga ixtisoslaştirilgan maktablarda baxşiçilik sinflari va kurslarini oçiş, Özbekiston san’at va madaniyat institutida baxşiçilik va dostonçilik ta’lim yönalişlarini taşkil etiş. 2019-yil 1-sentabr - Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Oliy va örta maxsus ta’lim vazirlgi (I. Majidov), tegişli vazirliklar va idoralar
5 Respublika Baxşiçilik san’ati markazini baxşi-şoirlar tomonidan yaratilgan va ijro etilayotgan doston, terma, aytimlarni sifatli yozib oliş va tarğib etiş uçun zarur bölgan ovoz yoziş hamda zamonaviy videotexnika vositalari bilan ta’minlaş. 2019-yil 1-dekabr Mahalliy budjet mablağlari va homiylik xayriyalari Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari
6 Folklor asarlarini audio va video disklarga yozib oliş, köpaytiriş va sotişni yölga qöyiş.2019-yil 1-dekabrBaxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldaşev), tegişli vazirliklar va idoralar
7 Baxşiçilik san’ati yönalişida “ustoz-şogird” an’analarining saqlanişi va rivojlanişini ta’minlaş maqsadida jamoatçilik asosida “Özbekiston baxşilar uyuşmasi”ni va uning hududiy bölimlarini taşkil etiş. 2019-yil 1-avgust -Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldaşev), tegişli vazirliklar va idoralar
8 Baxşiçilik san’ati yönalişida xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş orqali çet davlatlar bilan özaro tajriba almaşişni yölga qöyiş. 2019-2020-yillardaBaxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Taşqi işlar vazirligi (A. Komilov), tegişli vazirliklar va idoralar
9 Madaniyat markazlarini baxşiçilik san’atiga doir adabiyotlar bilan ta’minlaş.2019-yil 1-dekabrMadaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldaşev), Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari
10 2019-yili Termiz şahrida ötkazilgan I Xalqaro baxşiçilik san’ati festivali haqidagi kitob-albomni naşrga tayyorlaş va çop etiş. 2019-yil 1-dekabr Baxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlariMadaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldaşev), Yozuvçilar uyuşmasi (S. Saidov), “Hunarmand” uyuşmasi (U. Abdullayev), Badiiy akademiya (A.Nuridinov), tegişli vazirliklar va idoralar
11 Madaniyat va san’at muassasalari qoşida baxşiçilik san’ati, folklor san’ati, dostonçilik, xalfa qöşiqlari, şuningdek, çanqovuz, sibizğa, qöşnay, bölamon, qöbiz, noğora singari qadim çolğular sinflari va tögaraklarini bosqiçma-bosqiç taşkil etiş.2019-2020-yillar Mahalliy budjet va markazlarning öz mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari
12 Baxşiçilik san’ati yönalişida baxşilar, oqinlar va jirov ijroçilarining respublika körik-tanlovini taşkil etiş va ötkaziş. 2020-yildan boşlab ikki yilda bir martaBaxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldaşev), Yozuvçilar uyuşmasi (S. Saidov), Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari
13 “Özbekiston baxşilari” kitob-albomining ikkinçi tomini naşrga tayyorlaş va çop etiş. 2020-yil 1-avgustBaxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldaşev), tegişli vazirliklar va idoralar
14 Özbek xalq oğzaki ijodiyotini jahonga tarğib etiş maqsadida “Xalq ijodiyoti” veb-saytini taşkil etiş.2020-yil 1-mart Baxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi (Ş. Sadikov), tegişli vazirliklar va idoralar
15 Joylarda baxşiçilik yönalişlarida ansambllar taşkil etgan holda, mahallalar, madaniyat markazlari, istirohat boğlari, ta’lim muassasalari hamda san’at saroylarida “Doston” keçalari va taniqli baxşi-şoirlar bilan ijodiy uçraşuvlarni taşkil etiş. Reja-jadval asosida Homiylik xayriya mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldaşev), Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari
16 Öqituvçilikka jalb etilgan baxşilarning muntazam malakasini oşirib boriş. Reja asosidaBolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat markazlari mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), tegişli vazirliklar va idoralar
17 Baxşilar ijrosidagi dostonlarni izçil töplaş maqsadida kompleks ilmiy ekspeditsiyalar uyuştiriş.
18 Baxşiçilik sohasida şakllangan ijodiy maktablar, “ustoz–şogird” an’analarini qayta tiklaş va rivojlantiriş. Doimiy Baxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), tegişli vazirliklar va idoralar
19 Baxşi-şoirlar, folklorşunos olimlar, öqituvçi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini har tomonlama rağbatlantiriş. Doimiy Baxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Moliya vazirligi (B. Aşrafxonov), tegişli vazirliklar va idoralar
20 Hozirga qadar 15 tomi bosmadan çiqqan, jami 100 tomdan iborat etib belgilangan “Özbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasini 2030-yilgaça töliq naşrdan çiqariş.2019 — 2030-yillarMadaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi Fanlar akademiyasi (B. Yuldaşev), Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)
21 Baxşi-şoirlar ijodiga keng yöl oçib beriş maqsadida ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol iştirokini ta’minlaş.Doimiy Taşabbuskor mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), tegişli vazirliklar va idoralar
22 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va internet imkoniyatlaridan samarali foydalaniş orqali baxşiçilik san’atini keng tarğib etiş.DoimiyMadaniyat va san’atni rivojlantiriş hamda Baxşiçilik san’atini rivojlantiriş jamğarmalari mablağlari Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi (Ş. Sadikov), tegişli vazirliklar va idoralar