Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş, xorijiy davlatlar va taşkilotlar bilan madaniyat va san’at sohalarida aloqalarni mustahkamlaş, jamğarmaga ajratilgan mablağlardan oqilona va samarali foydalanişni ta’minlaş maqsadida:
1. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi amaldagi moliyalaştiriş tartibi va ştatlar soni saqlangan holda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi (keyingi örinlarda — Jamğarma) etib qayta taşkil qilinsin.
Jamğarma Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tarkibiga kiritilsin.
2. Quyidagilar Jamğarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
moliyaviy, taşkiliy va ijodiy yönalişlarda kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş asosida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirişga kömaklaşiş, şuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy san’at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning taşabbusi bilan taşkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş;
xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytiriş, madaniyat va san’at sohasida xalqaro madaniy taşkilotlar va xayriya jamğarmalari bilan hamkorlikni rivojlantiriş, xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etiş, mamlakatimizda madaniyat va san’atga doir homiylikni rivojlantirişga kömaklaşiş;
madaniyatlararo ijodiy muloqotni yölga qöyiş va özbek san’atining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalaşuviga kömaklaşiş, şuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatbardoşligi bilan boğliq jihatlarni namoyiş etiş;
madaniyat va san’at sohasida kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş, şu bilan birga, madaniyat va san’at muassasalarini zarur adabiyotlar va davriy naşrlar bilan ta’minlaş;
xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boşqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oşiriş tizimini takomillaştirişga kömaklaşiş;
xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniy muassasalar quriş uçun moliyaviy mablağ va kömak beriş;
madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş va ularni kapital hamda joriy ta’mirlaş;
xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlikda loyihalarni birgalikda moliyalaştirişni taşkil etişni ta’minlaş;
jahondagi ilğor tajribalarni mamlakatimizda joriy etiş böyiça takliflar tayyorlaş maqsadida madaniyat va san’at sohasini moliyalaştiriş böyiça rivojlangan davlatlar tajribasini örganiş;
aholiga pullik xizmatlar körsatiş hajmini köpaytiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;
qonunçilikda belgilangan manbalardan tuşayotgan mablağlarni jamğarişni ta’minlaş;
ajratilayotgan maqsadli mablağlardan töğri, samarali va maqsadli foydalaniş ustidan tizimli nazorat örnatiş;
Jamğarma va uning tizimida faoliyat körsatayotgan xodimlarni moddiy rağbatlantiriş va ijtimoiy himoya qiliş böyiça tadbirlar uçun maqsadli mablağlar ajratiş.
3. Jamğarma mablağlarini şakllantiriş manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Vazirlar Mahkamasining hujjatlari (şu jumladan bayonnoma qarorlariga) asosan ajratiladigan respublika budjeti mablağlari;
Jamğarmaning vaqtinça böş mablağlarini moliya taşkilotlarida joylaştirişdan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy şaxslarning hamda xalqaro taşkilotlarning homiylik xayriyalari, metsenatlik kömagi, grantlari;
qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.
4. Jamğarma ikki oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib çiqib Jamğarma
faoliyatini taşkil qiliş, şu jumladan uning mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibini nazarda tutuvçi Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Jamğarma Toşkent şahri, Taras Şevçenko köçasi, 1-uy manzilida joylaşgan binoga tekin foydalaniş huquqi asosida joylaştirilsin.
6. Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq özgartiriş va qöşimçalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
1. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi örni va ta’sirini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-6000-son Farmonida:
a) 6-bandning uçinçi xatboşisidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan” sözlari çiqarib taşlansin;
b) 8-bandning ikkinçi xatboşisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, xususiy teatrlarda sahnalaştirilgan hamda ijro etilgan asarlar uçun mualliflik haqi tölaş har yili Özbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablağlar doirasida amalga oşirilişi belgilansin”.
2. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasini taşkil etiş töğrisida”gi PQ-3325-son qarorida:
a) nomlanişida “Madaniyat vazirligi” sözlari “Vazirlar Mahkamasi” sözlari bilan almaştirilsin;
b) 1-banddagi “Madaniyat vazirligi” sözlari “Vazirlar Mahkamasi” sözlari bilan almaştirilsin;
v) 2 va 3-bandlar öz kuçini yöqotgan deb hisoblansin;
g) 4-band quyidagi mazmundagi xatboşilar bilan töldirilsin:
“Jamğarma Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-fevralga qadar quyidagilarni nazarda tutuvçi qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Jamğarmaga metsenatlik kömagi hisobidan töğridan töğri şartnomalar tuzişga ruxsat beriş;
Jamğarma tomonidan metsenatlik kömagi orqali amalga oşiriladigan loyihalarda çet ellik kontragentlarni soliqlar va tölovlardan ozod qiliş”;
d) quyidagi mazmundagi 41-band bilan töldirilsin:
“41. Jamğarma Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ğaznaçiligida milliy valyutadagi şaxsiy ğazna hisobvaraqlariga hamda milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlariga ega böladi”;
e) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Manfaatdor vazirlik va idoralar bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni uşbu qarorga muvofiqlaştirsin”;
j) 1-ilova öz kuçini yöqotgan deb hisoblansin;
z) 2-ilovaning 2 va 3-bandlari öz kuçini yöqotgan deb hisoblansin.
3. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi “Özbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3920-son qarorining 1-bandidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi” sözlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi” sözlari bilan almaştirilsin.