Sönggi yillarda Özbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantiriş, yangi Özbekistonning yangi tarixini yaratiş, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlaş va tarğib etiş, xalq oğzaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalaştiriş, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalaşuvini ta’minlaş, madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirişga qaratilgan tizimli çora-tadbirlar amalga oşirildi. Xususan:
birinçidan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan Özbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantiriş konsepsiyasi (keyingi örinlarda — Konsepsiya) va uni amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi” tasdiqlandi;
ikkinçidan, madaniyat va san’at taşkilotlarining “döstlar klublari” faoliyatini yölga qöyiş orqali ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş böyiça mutlaqo yangiça samarali tizim yaratildi;
uçinçidan, muzeylar renovatsiya dasturi qabul qilindi, özbek xalqining köhna va betakror san’ati namunasi bölgan “Xorazm lazgisi” YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ röyxatiga kiritildi;
törtinçidan, madaniy meros obyektlari va san’at aşyolarini restavratsiya qiliş böyiça milliy maktab, şuningdek, xalq çolğulari, milliy raqs, maqom yönalişlarida respublika körik-tanlovlari qayta tiklandi;
beşinçidan, mamlakatimizda muntazam ravişda ötkaziladigan Xalqaro maqom san’ati anjumani, Xalqaro baxşiçilik san’ati festivali, “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivali, “Buyuk ipak yöli” xalqaro folklor san’ati festivali hamda “Raqs sehri” xalqaro festivali taşkil etilib, özbek mumtoz va folklor san’atining noyob namunalari va an’analarini hamda madaniy muloqotni yanada rivojlantiriş böyiça samarali tizim yölga qöyildi.
Şu bilan birga, Konsepsiyani amalga oşiriş, sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş, iste’dodli yoş ijodkorlarni izlab topiş va qöllab-quvvatlaş, ta’lim muassasalarini musiqa darsliklari, notalar töplamlari va öquv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlaşning yaxlit tizimi yaratilmagan.
Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam oliş xizmatlari körsatiş darajasini oşiriş, buning uçun respublikaning barça hududlarida teatr, muzey, köçma sirk va hayvonot boğlari faoliyatini doimiy ravişda yölga qöyiş dolzarb vazifa bölib qolmoqda.
Yuqoridagi vazifalarni samarali amalga oşiriş, madaniyat va san’at sohasidagi islohotlarni jadal davom ettiriş, madaniyat organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş, şuningdek, 2017 — 2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasining ijrosini ta’minlaş maqsadida:
1. Quyidagilar:
2020 — 2021-yillarda Özbekiston Respublikasida madaniyat va san’atni yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Özbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantiriş konsepsiyasining 2021 — 2025-yillarga möljallangan maqsadli körsatkiçlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi Konsepsiyani amalga oşiriş böyiça “yöl xaritalari” va çora-tadbirlar dasturlarini qabul qilişda mazkur bandga muvofiq tasdiqlanayotgan maqsadli körsatkiçlarning bajarilişini ta’minlaş böyiça tadbirlarni nazarda tutsin.
2. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boşlab:
konsert-tomoşa faoliyatini litsenziyalaş, litsenziatlarning davlat reyestrini yuritiş, ularning faoliyati va erişgan natijalari haqidagi axborotlarni kiritib boriş Konsert-tomoşa faoliyati iştirokçilarining yagona onlayn portali orqali amalga oşiriladi;
konsert-tomoşa tadbiriga bir martalik ruxsatnoma beriş uçun undiriladigan yiğim bekor qilinadi;
davlat organlari va taşkilotlarining asosiy vazifa va funksiyalaridan kelib çiqib, ularning taşabbuslari bilan ötkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomoşa tadbirlari har yili tasdiqlanadigan ommaviy-madaniy va konsert-tomoşa tadbirlarining kalendar rejalari (keyingi örinlarda — kalendar rejalar) asosida ötkaziladi;
Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining kalendar rejalarda nazarda tutilmagan davlat tadbirlarini ötkazişni nazarda tutuvçi qarorlarida uşbu tadbirlarni taşkil etiş böyiça körsatiladigan xizmatlar böyiça buyurtmaçilar hamda ularni moliyalaştiriş manbalari körsatiladi;
konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslar tomonidan davlat organlari va boşqa taşkilotlarning buyurtmalariga asosan körsatiladigan barça xizmatlar yozma va haq evaziga tuziladigan şartnoma asosida taqdim etiladi, konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiruvçi davlat muassasalari xodimlari bilan tuzilgan mehnat şartnomalaridan kelib çiqadigan majburiyatlar bundan mustasno.
3. Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi örinlarda — Madaniyat vazirligi) va boşqa davlat organlari tomonidan davlat tadbirlari va boşqa tadbirlarga ijodkorlar va ijroçilarning jamoatçilik asosida jalb qilinişiga yöl qöyilmasligi belgilansin.
4. Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi, Maktabgaça ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi 2020/2021 öquv yilidan boşlab notalar töplamlari va maxsus musiqiy adabiyotlarni Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablağlari hisobidan çop etilişini va ularning ta’lim muassasalariga töliq yetkazilişini ta’minlasin.
5. 2020-yil 1-sentabrdan boşlab davlat organlari va taşkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boşqa muassasalarda töliq jonli ijro asosida ötkazilgan konsert dasturlari uçun ijara tölovidan 50 foiz çegirma beriş tartibi joriy etilsin.
6. Madaniyat va san’at sohasi vakillarining San’atkor, ijodkor va ijroçilarning mualliflik huquqlarini himoya qiliş palatasini (keyingi örinlarda — Palata) taşkil etiş töğrisidagi taşabbuslari qöllab-quvvatlansin.
Belgilansinki, Palata mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boşqaradigan taşkilot hisoblanadi.
Madaniyat vazirligi Palata faoliyatining dastlabki bosqiçlarida uni qöllab-quvvatlaş uçun 1 mlrd söm ajratilişini ta’minlasin.
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari B.A. Musayev, madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov Palata hamda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boşqaradigan boşqa taşkilotlar faoliyatini taşkil etişga har tomonlama kömaklaşsin.
7. Belgilansinki, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boşqaruvçi taşkilotlar ularga bevosita huquq egalari yoki ularning merosxörlari tomonidan berilgan vakolatlar doirasida da’vo bilan sudga murojaat qilgan taqdirda davlat bojini tölaş muddati keçiktirilib, bu boj keyinçalik aybdor tarafdan undirib olinadi.
8. Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilingan, ommaviy ijroga möljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni 2020-yil 1-sentabrdan boşlab xususiy teatrlarda ham sahnalaştiriş va ijro etişga ruxsat berilsin.
Bunda, xususiy teatrlarda sahnalaştirilgan hamda ijro etilgan asarlar uçun mualliflik haqi tölaş har yili Özbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablağlar doirasida amalga oşirilişi belgilansin.
9. Boy tarixi, özbek milliy qöğirçoq teatri maktabining şakllanişi va rivojidagi beqiyos hissasini inobatga olib, Respublika qöğirçoq teatriga Özbek Milliy qöğirçoq teatri nomi berilsin.
Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Toşkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda uşbu viloyatlarda qöğirçoq teatrlarini taşkil etiş töğrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Quriliş vazirligi:
Özbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga möljallangan ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturlarida 2021-yilda Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Qaşqadaryo, Xorazm va Toşkent viloyatlari qöğirçoq teatrlari binolarini quriş, ularga ajratilgan binolarni rekonstruksiya qiliş, zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş işlarini nazarda tutsin;
2020-yilga möljallangan ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida maqbullaştirilgan mablağlar hisobidan “Özbek davlat sirki” davlat muassasasining bino va inşootlarini rekonstruksiya qiliş, qöşimça ravişda hayvonlarni saqlaş xonalarini quriş hamda zamonaviy uskunalar bilan jihozlaş işlarining töliq moliyalaştirilişini, şuningdek quriliş, rekonstruksiya va jihozlaş işlarini joriy yil oxiriga qadar töliq yakuniga yetkazib, foydalanişga topşirilişini ta’minlasin.
11. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-2021-yillar davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar budjetlari mablağlari hisobidan har bir hududda köçma sirklar (şapito, dorbozlar guruhlari) hamda hayvonot boğlari taşkil etilişi va doimiy faoliyat yuritişini ta’minlasin.
12. 2020-yil 1-sentabrdan boşlab şunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
köçma sirklar (şapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan ötkaziladigan tomoşa tadbirlariga ommaviy tadbir ötkaziş uçun ruxsatnoma va ruxsat beriş xususiyatiga ega boşqa hujjatlarni oliş talab etilmaydi, bunda tadbir taşkilotçilari uni ötkaziş joyi va vaqti töğrisida içki işlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravişda xabardor qiladi;
içki işlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari köçma sirklar (şapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan ötkaziladigan tomoşa tadbirlarida jamoat tartibi va yonğin xavfsizligini tölov undirilmagan holda ta’minlaydi;
davlat organlari va taşkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat boğlari, sport inşootlari, sayilgohlar va boşqa oçiq hududlarda köçma sirklar (şapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan tomoşa tadbirlari ötkaziş uçun ijara va boşqa turdagi tölovlar undirilmaydi;
nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asraş va ulardan foydalaniş faoliyati Özini özi band qilgan fuqarolarga vaqtinçalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, işlar) turlari röyxatiga kiradi (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan şaxslar bundan mustasno) va ularning uşbu faoliyatdan olingan daromadlariga jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tatbiq etilmaydi.
13. Madaniyat vazirligi tizimida:
Madaniyat vazirligi markaziy apparati tuzilmasida madaniyat muassasalari va havaskorlik san’atini rivojlantiriş, sohada axborot texnologiyalarini keng joriy etiş va raqamlaştiriş masalalariga mas’ul vazir örinbosari lavozimi joriy etilsin;
Özbekiston davlat konservatoriyasining “Özbek maqom san’ati fakulteti” hamda Özbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegişli ta’lim yönalişlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijroçiligi, baxşiçilik va katta aşula yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlovçi tayanç oliy ta’lim muassasasi — Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa san’ati instituti taşkil etilsin;
davlat muassasasi şaklidagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etilsin;
Respublika ixtisoslaştirilgan estrada va sirk maktabi Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji etib qayta taşkil etilsin;
V. Uspenskiy va R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan musiqa akademik litseylari maktab-internatlar uçun belgilangan imtiyozlarni tatbiq qilgan holda tegişliça V. Uspenskiy va R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan musiqa maktablariga aylantirilsin.
Özbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi hamda Toşkent ixtisoslaştirilgan madaniyat maktabi negizida Madaniyat vazirligi tizimida Respublika musiqa va san’at kolleji taşkil etilsin;
14. 2020-yil sentyabr oyidan boşlab davlat muzeylarida har oyning birinçi yakşanbasi “oçiq eşiklar kuni” deb e’lon qilinsin.
Belgilansinki, “oçiq eşiklar kuni”da fuqarolar muzey aşyolari va muzey kolleksiyalarini kirib köriş uçun davlat muzeylariga bepul kiritiladi.
15. Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari 2020 — 2025-yillar davomida bosqiçma-bosqiç har bir tuman va şaharda tarix va madaniyat davlat muzeylarining filiallari şaklida ölkaşunoslik muzeylari taşkil etilişi va Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalaştiriladigan muzeylar, ularning filial va bölimlari röyxatiga kiritilişini ta’minlasin.
16. Özbekiston davlat san’at muzeyiga — san’at sohasidagi, Özbekiston tarixi davlat muzeyiga — madaniyat va tarix sohasidagi barça muzeylar faoliyatini ilmiy-tadqiqot va metodik jihatdan muvofiqlaştiriş, ularning uşbu yönalişlardagi özaro hamkorligini ta’minlaş, kadrlarning ilmiy salohiyatini oşiriş vazifasi yuklansin.
Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasi 2021-yil 1-yanvarga qadar Özbekiston davlat san’at muzeyi va Özbekiston tarixi davlat muzeyida muzeyşunoslik, san’atşunoslik, madaniyatşunoslik yönalişlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ixtisoslaştirilgan ilmiy kengaşlar va ilmiy-metodik kengaşlar taşkil etiş çoralarini körsin.
Madaniyat vazirligi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2021-yil 1-yanvardan boşlab muzeylarning ilmiy darajaga ega bölgan xodimlarining bazaviy lavozim maoşlarini oşiriş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
17. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda yetakçi ijodiy taşkilotlarning “döstlar klublari”ni taşkil etiş böyiça ijobiy tajribasini muzeylar sohasiga tatbiq etilişini ta’minlasin.
18. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, “Özbekkino” milliy agentligi, Özbekiston Badiiy akademiyasi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Özbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyuşmasi, Özbekiston teatr arboblari uyuşmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda keng jamoatçilikning madaniyat va san’atning jamiyatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan örnini hisobga olib, soha xodimlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida 15-aprel sanasini “Özbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qiliş töğrisidagi taklifi ma’qullansin.
Madaniyat vazirligi ön kun muddatda “Özbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni”ni belgilaş böyiça qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boşqariş, monopoliyaga qarşi kuraşişni tartibga soliş tizimini va kapital bozorini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5630-son Farmoni 6-bandining “a” kiçik bandi birinçi xatboşisi “davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning köçmas mulk obyektlari bundan mustasno” sözlari bilan töldirilsin.
20. Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasini;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu Farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi A.A. Abduvaxitov va Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.